Abdulloh ibn al-Jadd (arabcha: عبد الله بن الجد - Abdulloh ibn al-Jadd ibn Qays al-Ansoriy) — sahoba.
Hayoti Manbalarda Abdulloh ibn al-Jadd hayoti haqida maʼlumotlar ko‘p emas. Badr va Uhud janglariga qatnashganligi zikr qilingan, ammo o‘limi tarixi haqida maʼlumot berilmagan. Xazraj qabilasining Bani Salima urug‘iga mansub bo‘lgan Abdulloh ibn al-Jadd Muoz ibn Jabalning ona bir ukasi. Onasining ismi — Hind bint Sahl. Otasi — Jadd ibn Qays johiliyat davrida Bani Salima qabilasining raisi bo‘lgan. Abdulloh ibn al-Jaddning otasi Payg‘ambar bilan ko‘plab g‘azotlarda qatnashgan bo‘lsa-da, munofiqlardan deb sanalgan. Hudaybiya sulhida bo‘lib, Rizvon bay’atida ishtirok etmagan. Tabuk g‘azotida ishtirok etishni istamagan. Otasining bu holatidan xafa bo‘lgan Abdulloh ibn al-Jadd uning zarariga Qur’on oyatlari nozil bo‘lishi mumkinligini aytgan. Haqiqatda, keyinchalik g‘azotda qatnashmagan munofiqlar haqida oyat nozil bo‘lgan. Usmon davrigacha yashagan Jadd ibn Qaysning keyinchalik tavba qilib haqiqiy musulmon bo‘lganiga doir rivoyatlar ham bor.
Adabiyotlar
Al-Voqidiy. Al-Mag‘āzӣ. — London: 1965-66. I, 169; Ibn Hishom. As-Cӣra. — Qohira: 1955. II, 697; Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1968. III, 571, 583; At-Tabariy. Tarӣx. — Leiden: 1879-1901. I, 1544, 1545, 1693-1694; At-Tabariy. Jāmi’ al-bayān. „Bulaq“, 1323-29. X, 104, 129; Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1970-73. I, 327; Mustafa Fayda. "Abdullah b. Ced". TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 90; Alixonto‘ra Sog‘uniy. Tarixi Muhammadiy. — T.: „Movarounnahr“, 2017. 674.
Manbalar Turkum:Tarixiy shaxslar
Turkum:Sahobalar