{ "type": "FeatureCollection", "features": [
"type": "Feature", "properties": {}, "geometry": { "type": "Point", "coordinates": [ 36.620496, 28.258048 ]
] }Tabuk gʻazoti, shuningdek, (Usra gʻazoti sifatida ham maʼlum) Muhammad tomonidan milodiy 630-yil oktyabr oyida (hijriy 9-yil) boshlangan harbiy harakat edi. U zot mazkur gʻazotda 30 000 kishilik qoʻshin bilan hozirgi Saudiya Arabistonining shimoli-gʻarbiy qismidagi Aqaba koʻrfazi yaqinidagi Tabukkacha borganlar.
Tayyorgarlik
Vizantiyaga qarshi gʻazot haqidagi mish-mishlardan soʻng, musulmonlar va Muhammadning ittifoqchilari safarga chiqish haqida shoshilinch chaqiruv olganlar. Baʼzilar qatnashmaslik uchun bahona oʻylab topgan. Muhammad arablarni qoʻshilishga koʻndirish uchun turtki berib, koʻpchilikni zarur ashyolar bilan taʼminlaganlar.
Gʻazot tafsilotlari
Muhammad va u zotning qoʻshinlari 630-yil oktyabrda (hijriy 9-yil, Rajab oyi) shimolga, Aqaba koʻrfazi yaqinidagi Tabukka qarab yurishgan. Bu u zotning eng katta va eng oxirgi harbiy ekspeditsiyalari edi. Muhammadning boshqa bir qancha gʻazotlarida qatnashgan Ali ibn Abu Tolib (r.a.) Madinani qoʻriqlash uchun qolgani bois Tabuk gʻazotida qatnashmagan. Tabukka yetib kelib, u yerda qarorgoh qurgan Muhammad qo‘shini Vizantiya bosqiniga qarshi turishga hozirlik ko‘rgan. Muhammad Tabukda yigirma kun bo‘lib, bu yerni o‘rganib chiqqanlar va mahalliy rahbarlar bilan ittifoq tuzganlar. Vizantiya qo‘shinidan darak bo‘lmagach, Madinaga qaytishga qaror qilingan.
Manbalar
Turkum:Muhammad boshchiligidagi yurishlar