Siddiq al-Faznayoniy (arabcha: صديق الغزنيانى — Siddiq ibn Abu Bakr ibn al-Husayn al-Gʻaznayoniy al-Kassiy) — Roviy.
Siddiq al-Faznayoniy boshlangʻich taʼlimni Gʻaznayon qishlgʻidagi va Kiss shahridagi olimlardan olgan. Keyinchalik Samarqandga kelib, u yerda muqum yashab qolgan. U "imomul-faqih" unvoniga sazovar boʻlgan. Ustozlari Siddiq al-Faznayoniy hadis ilmining sir-asrolarini Abulfath al-Muborak ibn Ismoil ibn Muhammadal-Bahiliydan oʻrganib, undan hadislar rivoyat qilgan. Shogirdlari Siddiq al-Faznayoniydan Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan. Vafoti Siddiq al-Faznayoniy 568/1173-yili shaʼbon oyida vafot etgach, Samarqand shaharidagi "Qantaratu Gʻonfar" qabristoniga dafn etilganAbdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J.4. — Bayrut. Doru-l-fikr, 1998. 291.. Manbalar
Adabiyotlar •Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. 267.
Turkum:Muhaddis Turkum:Islom:Shaxslar