Zandana. Katta qalʼaga, koʼpgina, bozor joylarga masjidi jomega ega qishloq. Bu yerda har juma kuni namoz oʼqiganlar va bozor qilganlar. Bu qishloqda (toʼqib) chiqariladigan narsa — boʼzni Zandaniychi, yaʼni Zandana qishlogʼidan chiqadigan deb ataganlar. Bu yerda u ham yaxshi, ham koʼp boʼlgan. Shu xil boʼzdan Buxoroning koʼp qishloqlarida toʼqiganlar va buni ham „zandaniychi“ deb ataganlarar. Chunki u avvalo shu qishloqda toʼqib chiqarilgan. Shu xil boʼzdan Iroq, Fors, Kermon, Hindiston va boshqalar kabi hamma viloyatlarga olib borganlar. Barcha ulugʼlar va podshohlar undan kiyim qilganlarlar va ipakli kiyimlik bahosida sotib olganlar.

Vardona. Bu katta bir qishloq boʼlib, kuhandizga, katta va kustahkam hisorga ega boʻlgan. Qadim vaqtlardan podshohlarning turarjoylari boʼlgan, (lekin) hozirda unda podshoh oʼtiradigan qarorgoh boʻlmagan. Vardona Buxoro shahridan qadimroq (barpo boʼlgan) uni Shohpur Malik16 bino qilgan. U Turkistonning chegarasida joylashgan. U joyda har haftada bir kun bozor boʼlib savdogarlar koʼp kelganlar. U yerdan chiqadigan narsa ham yaxshi xil „Zandaniychi“ boʼlgan.

Afshina. Katta shoristonga va mustahkam hisorga ega boʻlgan. Bir qancha qishloqlar unga mansubdir. U yerda har haftada bir kun bozor boʼlgan. Bu qishloqning ekin yerlari va biyobonlari madrasa talabalariga vaqf qilingan. Qutayba ibn Muslim u joyda masjidi jome bino qilgan. Muhammad ibn Vose ham bir masjid qurdirgan. Bu yer duo qabul boʼladigan joy boʻlgan. Odamlar shahardan u joyga borganlar va uni tabarruk deb hisoblaydilar.

Baykand – Baykandni shaharlar jumlasidan deb hisoblaydilar. Baykand aholisi, biror kishining Baykandni qishloq deb atashiga rozilik bergan emaslar. Agar biror Baykandlik, Bagʻdodga borsa va undan, sen qayerdansan?’’ deb soʻrasalar u Baykanddanman degan,Buxorodanman degan emas. Baykandda katta masjidi jome va oliy imoratlar bor. To ikki yuz qirqinchi yilgacha (2-iyun 854-21-may 855) Baykand darvozasi oldida koʻp rabotlar boʻlgan. Muhammad ibn Jaʼfar an-Narshaxiy oʻz kitobida keltirilishicha,Baykandda Buxoro qishloqlari sonicha, mingdan ortiq rabot boʻlgan. Buning sababi shuki, Baykand katta va yaxshi joy boʻlib, har bir qishloqning aholisi u yerda bir rabot qurib unga bir toʻda kishilarni joylab qoʻygan va ularning nafaqalarini qishloqdan yuborib turgan. Qish faslida kofirlar (yigʻilib) hujum qiladigan vaqt boʻlganida har bir qishloqdan u joyga koʻp xalq toʻplanib gʻazot qilganlar. (Shunda) har bir qavm oʻz rabotiga kelib tushgan.

Havolalar

Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far an-Narshaxiy haqida batafsil ma'lumot

Buxoro tarixi asari haqida batafsil maʼlumot.

Narshaxiy-Buxoro tarixi.Yuklab olish uchun manba.

Manbalar

Turkum:Buxoro tumani