thumb|200px|Zamonaviy koʻzoynakning koʻrinishi Koʻzoynaklar — koʻzning optik nuqsonlarini toʻgʻrilash yoki koʻzni turli zararli taʼsirlardan himoya qilish, insonning koʻrish qobiliyatini yaxshilashga moʻljallangan eng keng tarqalgan optik qurilmalar. Koʻzoynaklar linzalardan iborat boʻlib, shisha yoki plastmassadan tayyorlanadi, atrofi ramka bilan oʻrab oʻrnatiladi. Ramkalar ikki yonga uzayib, quloqlar orqasiga oʻrnatishga moslashtiriladi. Baʼzan quloqlarning orqasida biriktirilgan ramkalar oʻrniga, boshni qoplaydigan lenta yoki tasma ishlatiladi.

Koʻzoynaklar koʻrish uchun koʻz oynalari boʻlib, linzalari (tiniq yoki rangli) odamning koʻzlari oldida ushlab turadigan ramkaga oʻrnatilgan boʻladi, burun ustidagi koʻprik va ilgak qoʻllar (maʼbad deb nomlanadi) quloqlar ustida joylashadi.

Koʻzoynaklar odatda koʻrishni tuzatish uchun ishlatiladi. Masalan, oʻqish koʻzoynaklari va yaqinni koʻrish uchun ishlatiladigan koʻzoynaklar shu kabidir. Biroq, maxsus linzalarsiz ular baʼzan kosmetik maqsadlarda ham ishlatiladi.

Xavfsizlik koʻzoynaklari qurilish ishchilari yoki laboratoriya texniklari uchun uchadigan qoldiqlardan koʻzni himoya qilish maqsadida qoʻllanadi. Bu koʻzoynaklar koʻzlarning yon tomonlari, qovoq va linzalarni himoya qiladi. Baʼzi turdagi himoya koʻzoynaklari koʻrinadigan hamda juda yaqin koʻrinadigan yorugʻlik nurlari yoki kuchli nurlanishdan himoya qilish uchun ishlatiladi. Koʻzoynaklar koʻzni va qovoqni himoya qilish uchun baʼzi sport turlarida ham taqiladi.

Doimiy koʻzoynak taqib yuradiganlar koʻzoynak tushib ketmasligi uchun tasmadan foydalanishadi. Vaqtning faqat bir qismida koʻzoynak ishlatadiganlar koʻzoynaklarini yoʻqolishi va sinishi oldini olish uchun boʻyinga oʻtadigan shnurga bogʻlanadigan koʻzoynaklardan foydalanishadi. Koʻzoynakni yoʻqotish holatlari bu sharoitda ishlaydiganlar uchun koʻp uchrab turadi.

Quyosh koʻzoynaklari yorugʻ kunduzda yaxshi koʻrish imkonini beradi va koʻzni ultrabinafsha nurlarining haddan tashqari ortiqcha taʼsiridan himoya qiladi. Quyosh koʻzoynaklarining odatiy linzalari yorqin nurdan himoya qilish uchun boʻyalgan yoki porlashni olib tashlash uchun polarizatsiyalangan boʻladi. Fotoxromli koʻzoynaklar qorongʻi yoki yopiq sharoitda qoraygan yoki yengil rangga boʻyalgan boʻlib, ultrabinafsha nurlar bilan taʼsirlanganda quyoshdan saqlaydigan koʻzoynaklarga aylanadi. Koʻpincha retseptsiz quyosh koʻzoynaklari linzalarda tuzatuvchi xususiyatga ega emas, ammo maxsus retsept boʻyicha quyoshdan saqlaydigan koʻzoynaklar tayyorlanishi mumkin. Fotofobiya koʻzoynaklari simptom (masalan, migren kasalliklari yoki Irlen sindromi) boʻlgan odamlarda koʻpincha quyoshdan saqlaydigan koʻzoynak yoki nozik rangli koʻzoynaklar sifatida har vaqt, hatto uyda va tunda ham taqib yurishda qoʻllanadi.

Maxsus vizual maʼlumotlarni koʻrish uchun maxsus koʻzoynaklardan foydalaniladi masalan, 3D filmlar uchun 3D koʻzoynaklar ishlatiladi (stereoskopiya).

Turlari Koʻzoynaklar asosiy funksiyasi boʻyicha belgilanishi yoki farqlanishi mumkin. Lekin ular retsept boʻyicha quyoshdan saqlaydigan koʻzoynaklar yoki kengaytirilgan, kattalashtirishga ega xavfsizlik koʻzoynaklari kabi kombinatsiyalarda ham namoyon boʻladi.

Tuzatuvchi thumb| Tuzatuvchi obyektiv orqali koʻrilgan siluet, sinish taʼsirini koʻrsatadi thumb| Mikrofiber mato tuzatuvchi linzalarni, sezgir oynalarni tirnamasdan tozalashga moʻljallangan. Tuzatuvchi linzalar yaqinni koʻra olmaslik (miyopiya), uzoqni koʻra olmaslik (gipermetropiya) yoki astigmatizm kabi holatlarning taʼsirini yumshatish uchun va koʻzga kiradigan yorugʻlikni egish orqali koʻrish kuchi xatolarini tuzatish uchun ishlatiladi. Koʻz oʻtkirligi va yoʻnalishni yaqin va uzoqqa qaratish qobiliyati vaqt oʻtishi bilan oʻzgaradi. Qirq yoshdan oshgan odamlarda tez-tez uchraydigan holat presbiyopiya boʻlib, u koʻzning kristalli linzalari egiluvchanligini yoʻqolishiga olib keladi. Kasallik natijasida linzalarni joylashtirish (yaʼni koʻzga yaqin ob’ektlarga eʼtibor qaratish) qobiliyatini asta-sekin pasayadi. Bunday holatda albatta qoʻshimcha linzalarga ehtiyoj seziladi. Bir nechta odamning koʻzlari bir xil boʻlib, ular bir xil sinishi xususiyatlarini namoyon qiladi. Bir koʻz ikkinchisiga qaraganda „kuchli“ (yaʼni koʻproq sindiruvchi boʻsa, linzaga muhtoj boʻlishi mumkin.

Tuzatish linzalari tasvirni asl holiga qaytarishga yordam beradi. Ular oftalmolog yoki optometristning retsepti boʻyicha ishlab chiqariladi. Mavjud koʻzoynaklarning texnik xususiyatlarini tekshirish uchun linzametrdan foydalaniladi. Tuzatuvchi koʻzoynaklar foydalanuvchining koʻrish sifatini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. Ular nafaqat foydalanuvchining vizual tajribasini yaxshilaydi, balki bosh ogʻrigʻi yoki koʻzni qisib qoʻyish, nervlarning toliqishi kabi koʻzning zoʻriqishidan kelib chiqadigan muammolarni ham kamaytirishga yordam beradi.

Tuzatuvchi linzalarning eng keng tarqalgan turi bu bir xil sinish indeksiga ega boʻlgan „yagona koʻrish“ xususiyatidir. Presbiyopiya va gipermetropiya bilan ogʻrigan odamlar uchun bifokal va trifokal koʻzoynaklar mos ravishda ikki yoki uch xil sinish koʻrsatkichlarini namoyon qiladi va progressiv linzalar doimiy gradientga ega. Linzalar faoliyatiga qarab yuqori sinish koʻrsatkichlari bilan ishlab chiqarilishi mumkin, bu esa „past“ sinish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan linza turlariga qaraganda yengilroq va nozikroq boʻlishiga imkon beradi.

Kitob oʻqish uchun oʻqish koʻzoynaklari diqqatni yaqin atrofdagi narsalarga qaratishga moʻljallangan koʻzoynaklar toʻplamini taqdim etadi. Oʻqish koʻzoynaklari dorixonalarda retseptsiz sotiladi. Ular bir xil quvvatga ega oddiy linzalardan tashkil topgan boʻlib, narx jihatdan arzon sotiladi. Astigmatizm yoki chap va oʻng koʻz oʻrtasidagi sinish yoki prizmatik oʻzgarishlar kabi sinish muammolarini tuzatmaydi. Odamning koʻrish qobiliyatini toʻliq tuzatish uchun yaqinda buyurilgan oftalmik koʻzoynaklar talab qilinadi.

Koʻrish uchun koʻzoynak kerak boʻlgan odamlar koʻpincha haydovchilik guvohnomalari olish uchun ob’ektiv cheklovlarini tuzatadi. Bu ularga har safar avtomobil haydashda koʻzoynak taqishni talab qiladi, bunga amal qilmaslik jarima yoki qamoq jazosiga olib keladi.

Baʼzi harbiy xizmatchilar va ayollarga retsept boʻyicha koʻzoynak beriladi. Bu odatda GI koʻzoynaklaridir. Qoʻshma Shtatlardagi davlat qamoqxonalari mahbuslarga koʻpincha shaffof plastik aviatorlar koʻrinishidagi koʻzoynaklar beriladi.

Xavfsizlik koʻzoynaklari thumb| Yon qalqonli himoya koʻzoynaklari Xavfsizlik koʻzoynaklari turli vaziyatlarda koʻzlarni bevosita himoya qilish uchun ishlatiladi. Ular koʻzni havoda uchib yuradigan qoldiqlardan yoki boshqa narsalardan himoya qilish uchun sinishga chidamli plastik linzalar bilan ishlab chiqariladi. Qurilish, fabrika ishchilari, mashinistlar va laboratoriya xodimlari koʻpincha uchuvchi qoldiqlardan yoki qon, kimyoviy moddalar kabi koʻzga tushganda zarar beradigan moddalardan himoya qilish uchun himoya koʻzoynak taqishlari talab qilinadi. 2017-yildan boshlab Kanada va boshqa mamlakatlardagi stomatologlar va jarrohlar tomonidan bemorlarning qoni yoki boshqa tana suyuqliklari infektsiyasidan koʻzni himoya qilish maqsadida himoya koʻzoynak taqishlari talab qilina boshladi.

Payvandlash ishlari uchun himoya koʻzoynaklari ham mavjud boʻlib, ular har tomonlama oʻralgan, toʻliq oʻlchamli payvandlash dubulgʻasi tarkibida noqulay boʻlgani sabab, endilikda payvandlashda foydalanish uchun ancha quyuqroq linzalarga ega ochiq koʻzoynaklar ishlab chiqilmoqda. Ular koʻpincha „flesh koʻzoynaklar“ deb ataladi, chunki ular payvandlash chirogʻidan ham himoya qila oladi.

Neylon ramkalar, odatda, yengil va moslashuvchan xususiyatlari tufayli sport uchun himoya koʻzoynaklar sifatida ishlatiladi. Aksariyat oddiy koʻzoynaklardan farqli ravishda, himoya koʻzoynaklari koʻpincha koʻzning yonida va koʻz oldida himoyani oʻz ichiga oladi.

Quyosh koʻzoynaklari thumb| Quyosh koʻzoynak taqqan ayol Quyosh koʻzoynaklari koʻproq qulaylik ega va yorqin nurdan, asosan ultrabinafsha (UV) nurlardan himoya qiladi. Koʻzlarni ultrabinafsha nurlanish xavfidan toʻgʻri himoyalash uchun quyoshdan saqlaydigan koʻzoynaklar butun yorugʻlik spektrini yaxshi qoplaydigan UV-400 blokeriga ega boʻlishi kerak.

Yorugʻlik polarizatsiyasi quyoshdan saqlaydigan koʻzoynak linzalariga qoʻllanadigan qoʻshimcha xususiyatdir. Polarizatsiya filtrlari gorizontal qutblangan yorugʻlik nurlarini olib tashlash uchun joylashtirilgan va bu gorizontal yuzalarning porlashini yoʻq qiladi. Polarizatsiyalangan quyosh koʻzoynaklari uchuvchilar uchun qoʻllanilmaydi va u baʼzi qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Sababi balandlikni oʻlchash uchun tez-tez ishlatiladigan suv va boshqa tuzilmalar koʻzgularda boshqacha koʻrinish berishi mumkin.

Quyosh koʻzoynaklarini estetik maqsadlarda yoki koʻzlarni yashirish uchun kiyib yurish mumkin. Shu sabablarga koʻra mashhur boʻlgan quyoshdan saqlaydigan koʻzoynak misollari „choy soyalari“ va „oyna soyalarini“ oʻz ichiga oladi. Koʻpgina koʻr odamlar kosmetik jihatdan koʻzlarini yashirish uchun deyarli shaffof koʻzoynak taqishadi. Yorugʻlikka sezgir boʻlgan koʻplab odamlar yorugʻlik nurini kamaytirish uchun quyoshdan saqlaydigan qora koʻzoynak yoki boshqa rangli koʻzoynak taqishadi.

Aralash qoʻsh ramka left|thumb| Harakatlanuvchi ramkada bir linzalar toʻplami va qoʻzgʻalmas ramkada boshqa juft linzalar bilan qoʻshilgan ikki ramkali aralash koʻzoynaklar. Ikki ramkali koʻtariluvchi koʻzoynaklar — bir juft linzali bitta harakatlanuvchi ramkaga va toʻrt shtrixli aloqa bilan bogʻlangan boshqa bir juft linzali (ixtiyoriy) qoʻzgʻalmas ramkaga ega. Ikki ramkali Quyosh linzalari doimo yonib turadigan miyopiya linzalari bilan aralashgan holda osongina yuqoriga va pastga koʻtarilishi mumkin. Presbiyopiya linzalari ham birlashtirilishi va kerak boʻlganda, koʻzoynakni yechmasdan osongina koʻrish maydonidan olib tashlanishi mumkin.

3D koʻzoynak Ikki oʻlchamli yuzada uch oʻlchamdagi illyuziya har bir koʻz koʻradigan turli vizual maʼlumotlarni tahrirlash orqali yaratilishi mumkin. 3D koʻzoynaklar ikkala koʻz uchun maʼlumot signalini filtrlash orqali uch oʻlchamli illyuziyani yaratadi. Bunday koʻzoynaklarda kino ekranidan aks ettiriladigan yoki elektron displeydan chiqadigan signal har bir koʻz biroz boshqacha tasvirni olishi uchun filtrlanadi. Filtrlar maxsus boʻlib, faqat oʻzi uchun moʻljallangan signal turi uchun ishlaydi.

3D koʻzoynaklarda har bir koʻz uchun turli rangdagi filtr xos hisoblanadi, odatda qizil va koʻk yoki qizil va yashil. Polarizatsiyalangan 3D tizimi ham boshqa tomondan polarizatsiyalangan filtrlardan foydalanadi. Polarizatsiyalangan 3D koʻzoynaklar rangli 3D koʻrish imkonini beradi, qizil-koʻk linzalar esa tahrirlangan rangga ega tasvirni yaratadi. Boshga oʻrnatilgan displeylar signalni elektron filtrlashi, keyin tahrirlangan yorugʻlikni bevosita tomoshabinning koʻziga oʻtkazishi orqali tasvir hosil qilishi mumkin. Anaglif va polarizatsiyalangan koʻzoynaklar 3D filmlarda tomoshabinlarga tarqatiladi.

Kattalashtirish (bioptika) Maxsus Koʻzoynaklar koʻrish qobiliyati zaif yoki muayyan kasbiy talablarga ega boʻlgan odamlar uchun foydali boʻlgan kattalashtirishni ham taʼminlaydi. Masalan, oddiy linzalar ustiga, ichiga yoki orqasiga oʻrnatilgan kichik teleskoplarga ega bioptiklar yoki bioptik teleskoplar shular jumlasidan. Yangi dizaynlarlarda tuzatuvchi oynaga oʻrnatilishi va estetik koʻrinishini yaxshilashi mumkin boʻlgan kichikroq yengil teleskoplardan foydalaniladi. Ular mini teleskopik koʻzoynaklar deb ham ataladi. Ular oyna yoki durbinga oʻxshash mustaqil koʻzoynaklar shaklida boʻlishi yoki mavjud koʻzoynaklarga biriktirilishi mumkin.

Sariq rangli kompyuter/oʻyin koʻzoynaklari