Aegean Airlines S. A. — (yunoncha Αéróría ΑιαουΕ, Egey havo yoʻllari deb tarjima qilinadi LSE: 0OHY) — Gretsiyadagi eng yirik aviakompaniyalardan biri boʻlib, Afina va boshqa Gretsiya shaharlaridan xalqaro va Gretsiyaning oʻzida ichki reyslarini amalga oshiradi. Aviakompaniyaning bosh qarorgohi va asosiy boshqaruv markazi ham Afinada joylashgan.

U Star Alliancening toʻliq aʼzosi hisoblanadi. Afinadagi asosiy aeroporti Eleftherios Venizelos hisoblanib, Saloniki-Makedoniya aeroportida qoʻshimcha qoʻnish markazlari ham mavjud. Yoz mavsumida Gretsiyaning boshqa aeroportlari ham charter va muntazam mavsumiy reyslar uchun aviakompaniyaning bazalariga aylantiriladi.

2018-yilda aviakompaniya 13 milliondan ortiq insonga xizmat koʻrsatganhttps://en.about.aegeanair.com/-/media/aboutaegean/ir/ir_announcements/2019/a3-notes-31-12—18-english.pdf?forceDownload=0. 2019-yilda Aegean Airlines Skytraxhttps://www.worldairlineawards.com/worlds-best-regional-airlines-2019/ tomonidan ketma-ket 10-yil davomida Yevropaning eng yaxshi mintaqaviy aviakompaniyasi deb topilgan.

2013-yildan beri Aegean Airlines, koʻplab urinishlaridan soʻng, Yevropa Komissiyasi tomonidan sotib olinishi maʼqullangan boshqa Gretsiya aviakompaniyasi Olympic Airning egasiga aylanganhttp://www.ato.ru/content/evrosoyuz-odobryaet-sliyanie-aviakompaniy-aegean-airlines-i-olympic-air. Shuningdek, 2014-yilda aviakompaniya soʻnggi yillarda moliyaviy zarar koʻrayotgan Kipr milliy aviakompaniyasi Cyprus Airwaysni sotib olishga tayyorligini eʼlon qilgan. Biroq, 2015-yil boshida Kipr aviakompaniyasi oʻz faoliyatini toʻxtatganhttp://www.ato.ru/content/aviakompaniya-cyprus-airways-prekratila-svoe-sushchestvovanie.

Aviakompaniya tarixi

Aegean Airlines 1987-yilda Egey Aviation nomi bilan tashkil etilgan. Dastlab, uning asosiy faoliyati VIP mijozlarni manziliga yetkazish, shuningdek, tez tibbiy yordam rolida maxsus parvozlarni amalga oshirishdan iborat boʻlgan. 1992-yilda Egey Aviation Gretsiyada maxsus sertifikat olgan birinchi xususiy aviakompaniya boʻlgan. Keyinchalik, 1994-yilda aviakompaniya Vassilakis kompaniyalar guruhi bilan birlashgan va Learjet bilan hamkorlikda yangi samolyotlarni sotib olib, butun dunyo boʻylab muntazam reyslarni amalga oshira boshlagan.

1999-yilda aviakompaniya qayta tashkil etilgan va yangi „Egean Airlines“ nomi bilan parvozlarni amalga oshira boshlagan. Oʻsha yili flot uchta British Aerospace Avro RJ100 toʻrt dvigatelli samolyotlarini xarid qilgan. Xarid qilinga samalyotlarda kompaniya Afinadan Saloniki, Rodos, Aleksandrupolis, Kerkira va Iraklionga har kuni parvozlarni amalga oshira boshlagan. 1999-yil dekabr oyida aviakompaniya Air Greece aviakompaniyasini sotib olgan, shundan soʻng Egey havo yoʻllari parkiga uchta ATR 72 turboprop xarid qilingan.

2001-yil aprel oyida Aegean Airlines boshqa yunon aviakompaniyasi Cronus Airlines bilan birlashish shartnomasini imzolagan. Aviakompaniyaning parvoz geografiyasi Gretsiyadagi 11 ta va Yevropadagi 7 ta yoʻnalishdan iborat boʻlgan. Oʻsha yilning noyabr oyida Egey oʻz samolyotlarida biznes-klass xizmatini ishga tushirgan.

2004-yilga kelib Aegean Airlines ATR 72 samolyotlaridan foydalanishni toʻxtatdi. Kompaniya parki Cronus Airlines kompaniyasidan olingan oltita BAe 146 va oʻn uchta Boeing 737-300/400 samolyotlaridan iborat yangi tarkibga ega boʻldi. 2005-yilda aviakompaniya bir nechta Airbus A320 samolyotlarini xarid qilishga katta buyurtma bergan, ularning dastlabki uchtasi 2007-yilda yetib kelgan.

2005-yil oxiridan beri Egean Lufthansa bilan kodli hamkorlikni olib bormoqda, uning doirasida aviakompaniya oʻz yoʻlovchilariga nemis tashuvchisidan Miles & More bonus dasturini taklif qilib kelmoqda. 2009-yilga kelib, Aegean Airlines shuningdek, Brussels Airlines,TAP Portugal bilan shartnomalar imzolagan.

2009-yilda aviakompaniya 6 600 000 yoʻlovchini xizmat koʻrsatgan, bu oʻsha yili Gretsiyadagi Egey Havo Yoʻllarining asosiy raqobatchisi Olympic Airlines kompaniyasidan deyarli bir yarim million koʻp natija boʻlgan, Olympic Airlines oʻsha yili 5 265 729 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan edihttp://en.aegeanair.com/investor-relations/annual-reports/http://www.airliners.gr/community/viewtopic.php?f=15&t=2677.

2010-yil 30-iyun Egey havo yoʻllari rasmiy ravishda Star Alliance aʼzosiga aylangan.

Olympic Air bilan birlashish

2010-yil fevral oyida Aegean Airlines kompaniyasining asosiy raqobatchisi Olympic Air bilan birlashishi boʻyicha birinchi aksiyadorlar muhokamasi boʻlib oʻtgan. Ushbu birlashish yangi aviakompaniyaning Yevropa havo transporti bozoridagi ishtirokini kengaytirishi rejalashtirilgan edihttps://www.skyscanner.ru/news/olimpiiskoe-sliyanie-grecheskie-aviakompanii-olympic-air-i-aegean-mogut-obedinitsya.

2010-yil iyun oyining oxirida Egean Airlines Star Alliancega qoʻshilgan, bu esa oʻz navbatida Egey Airlinesning Olympic Air bilan birlashishini toʻliq taʼminlagan.

Biroq, 2011-yil 26-yanvarda Yevropada monopoliyaga qarshi boʻlgan xavotirlar asosida ikki kompaniyaning birlashishini taqiqlandi. Yevrokomissiyaning monopoliya boʻyicha komissari Xoakin Almuniyaning aytishicha, aviakompaniyalarning birlashishi Gretsiya havo sayohati bozorida yirik monopoliyaga olib keladi, bu esa aviachiptalarning oshishiga va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatining pasayishiga olib keladi. Ikkala aviakompaniya ham ichki reyslarning qariyb 96 foizini qamrab olganiga alohida urgʻu berib oʻtgan. Aviakompaniya rahbarlarining oʻzlari Yevropa Komissiyasining qaroriga qatʼiyan norozilik bildirishadi, oʻz pozitsiyalarini agar aviakompaniyalar birlashadigan boʻlsa aviakompaniya rahbariyati qarori bilan 2 yil davomida chiptalar narxini oshirmasligiga kafolat berishadihttp://www.greek.ru/news/exclusive/65002/.

2012-yil 21-oktabrda Aegean Airlines nihoyat rasmiy ravishda asosiy raqobatchisi Olympic Airni 72 million yevroga sotib olganligini eʼlon qilgan. Shartnomaga koʻra, Olympic Air ikki aviakompaniyaning tijorat va texnik operatsiyalarini birlashtirib oʻzining toʻliq brendini saqlab qolgan holda Egeyning toʻliq shoʻba korxonasiga aylangan edihttp://www.ato.ru/content/evrosoyuz-odobryaet-sliyanie-aviakompaniy-aegean-airlines-i-olympic-airhttps://web.archive.org/web/20140529142438/http://news.mail.ru/economics/10678971/.

Korporativ maʼlumotlar

Boshqaruv va rahbarlar

Aviakompaniya rahbari Teodoros Vassilakis hisoblanadi. Kompaniyaning bosh ofisi Afinaning Kifissiya hududida joylashgan.

2004-yildan beri Aegean Airlines Afina fond birjasida roʻyxatda turadi. Aviakompaniya London fond birjasida ham roʻyxatga olingan. 2013-yil oktabr holatiga koʻra Aegean Airlines aksiyalari quyidagi kompaniyalarga tegishlihttp://www.capital.gr/xa/insiders.asp?s=%C1%D1%C1%C9%C3:

38,69% — aviakompaniya rahbari Teodoros Vassilakisga tegishli

9,48% Alnesco Enterprises Company Limited kompaniyasiga tegishli

9,48% — Siana Enterprises Company Limited kompaniyasiga tegishli

9,46% — Autohellas SAga tegishli

6,39% — Konstantakopoulos Axilleas

Egey aviakompaniyalari Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi va Yevropa havo yoʻllari assotsiatsiyasining aʼzosi hisoblanadi.

Koʻrsatkichlar

Quyida 2007-yildan 2022-yilgacha boʻlgan davrda kompaniyaning asosiy moliyaviy va boshqa koʻrsatkichlari jadval keltirilgan:

2007200820092010201120122013201420152016201720182019202020212022 Pul aylanmasi (€m)4826116225916686536829119831,0201,1271,1871,3084156751,336 Sof foyda (€m)35.829.523.066.380.468.432.260.467.978.55.1106,8 Ishchilar soni1,9232,1422,4631,9491,6151,3471,4591,6782,3442,3342,4932,7032,9242,6992,445 Mijozlar soni (m)5.26.06.66.26.56.16.910.111.612.513.213.915.05.27.212.5 Oʻrindiqlar bandligi (%)707065.868.168.974.37978.376.977.483.283.984.867.465.579.8 Samalyotlar soni23293326292830505862586162676369 # Aegean Airlines, Annual Financial Report 2018, retrieved 29 March 2019

2014-yildan boshlab Olympic Air maʼlumotlari ham jadvalga qoʻshib borilgan.

Yoʻnalish tarmogʻi

Aegean Airlines aviakompaniyasining asosiy markazlari Afina aeroporti va Saloniki aeroporti boʻlib, u yerdan barcha rejalashtirilgan ichki va xalqaro reyslarning asosiy qismi amalga oshiriladi. Shuningdek, parvozlarning katta qismi Gretsiyaning boshqa shaharlari: Iraklion, Rodos, Kos, Aleksandrupolis, Mikonos, Xaniya, Santorini, Midilli, Kerkira, Kalamata, Xios, Skyros va Ioannina shaharlaridan ham amalga oshiriladi.

Xalqaro miqyosda Aegean Airlines Gretsiyadan Avstriya, Armaniston, Belgiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, BAA, Gruziya, Germaniya, Polsha, Italiya, Ispaniya, Isroil, Livan, Turkiya, Fransiya, Finlandiya, Shveysariya, Chexiya, Ukraina va Kiprga parvozlar amalga oshiriladi.

Aegean Airlines aviakompaniyasi Rossiyada ham oʻz faoliyatini yuritadi, Afina va boshqa Gretsiya kurortlaridan muntazam ravishda Moskvaga, Domodedovo aeroporti orqali va yozgi charter reyslarini Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov-na-Donga amalga oshiradi.

2015-yilning yozida Irakliondan Kishinyovga charter reyslari ham amalga oshirila boshlangan.

Codeshering shartnomalari

Aegean Airlines kompaniyasi quyidagi aviakompaniyalar bilan codshering shartnomalariga egahttp://ru.aegeanair.com/all-about-us/partners-alliances/partner-airlines/?_ga=1.157778236.780090096.1398754386:

airBaltic

Air Canada

Air Serbia

Brussels Airlines

Bulgaria Air

EgyptAir

Emirates

Ethiopian Airlines

Etihad Airways

Hainan Airlines

LOT Polish Airlines

Lufthansa

Oman Air

Scandinavian Airlines

S7 Airlines

Singapore Airlines

Swiss International Air Lines

TAP Air Portugal

TAROM

Turkish Airlines

Volotea

Aegean Airlines shoʻba korxonasi Olympic Air bilan birlashgandan soʻng, faqat mahalliy Karpatos, Sitia, Kalymnos, Leros kabi shaharlarga mahalliy reyslarni amalga oshira boshlaganhttps://www.olympicair.com/en/OlympicAir/profile/Network.

Flot

Xozirgi flot

2023-yil mart holatiga koʻra, Aegean Airlines quyidagi samolyotlardan iborat Airbus parkigahttps://www.airbus.com/sites/g/files/jlcbta136/files/2023-01/ODs-December-2022-Airbus-Commercial-Aircraft.xlsxhttps://en.about.aegeanair.com/company/fleet/ ega:

+ Aegean Airlines floti Samalyot Faoliyat koʻrsatadi Buyurtma soni Yoʻlovchi sigʻimi Eslatma Airbus A319-1001—144Airbus A320-20027—174Airbus A321-2006—206Airbus A320neo10241802026-yilgacha yetkazib beriladi.Airbus A321neo12220Jami5624

Yuqoridagi samolyotlarga qoʻshimcha ravishda, Aegean Airlines Learjet 60 samalyotidan ham foydalanadi. Samolyot VIP xizmatlarini koʻrsatish va rejadan tashqari parvozlarni amalga oshirish maqsadida foydalaniladihttps://web.archive.org/web/20150509075234/http://en.aegeanair.com/all-about-us/blue-magazine/e-book/http://www.ypa.gr/userfiles/fa3cb89c-ac1a-4d4b-99ab-a34f011804e1/All_HCAA_Aircraft_May_2013.pdf.

Kelajak floti

Aviakompaniya oʻz tarixida aviaparkiga nisbatan ikkita strategik harakatni amalga oshirgan. Birinchisi, barcha turbovintli samolyotlarni parkdan chiqarib yuborgan bu 2004-yil may oyida amalga oshirilgan. 2005-yil dekabr oyida sakkizta Airbus A320 samolyotiga buyurtma berganhttps://web.archive.org/web/20201127113521/https://en.about.aegeanair.com/company/history/milestones/?f=2.