(Abu Abdulloh) Muhammad ibn al-Fazl ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Ahmad al-Furoviy (hijriy 441-yil (milodiy 1050-yil)da tavallud topib, hijriy 530-yil (milodiy 1136-yil)da vafot etgan) — o‘z davrining shayxu-sh-shuyuxi darajasiga erishgan olim. U o‘ta bilimdon, munozarasi keng imom, muhaddis voiz, ilm ahllari orasida katta izzat-ikromga ega olim bo‘lgan.

Asarlari „Majolis fi-l-vaʼzva-t-tazkiyr“ („Vaʼz va xotirlash haqidagi majlislar“); qirq hadisdan tuzilgan „Majmuʼa kitob fifuruʼi-l-fiqhi-sh-shofiʼiy“ („Shofiʼiy fiqhi tarmoqlari haqida kitob“).

Ko‘plab olimlardan hadislar rivoyat qilgan, undan ham ko‘plar rivoyatlar keltirganlar.

Manbalar