Yunusobod tumanidagi Astrobod mahallasi bilan adashtirib yuborilmasin.
Asrobod mahallasi (Nozanin koʻchasi 9a-uy) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Sergeli tumanidagi mahalla. Qoʻshqoʻrgʻon, Sultonobod, Koʻhna Qumariq, Qumariq mahallalari bilan chegaradosh. 1993-yilda tashkil topgan. Aholisi 1 780 kishi (329 xonadon) dan iborat (2009). Milliy tarkibini, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, qozoq, tojik va boshqalar tashkil qiladi. Mahallada 16 ta koʻcha, 2 ta oziq-ovqat doʻkoni mavjud.
2016-yilgacha Obod mahallasi deb atalgan. Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida, 2016-yil 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Asrobod deb oʻzgartirilgan.
Maydoni 37,7 gektar.
Manbalar
Turkum:Sergeli tumanidagi mahallalar