Mavlono Muqbiliy (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan turshizlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning xushsuhbat va donishmand kishi ekani, majlislarda koʻp masal va naziralar aytishini taʼkidlaydi va quyidagi baytini keltiradi:Muhtasib meguft di az roʻi hol
Boda arzon shud, kujoi zar halol.
(Mazmuni: Kecha muhtasib hol soʻrab derdi: may arzon boʻldi, puli halollar qaydasiz?)Shuningdek, “Majolis un-nafois”da Mavlono Muqbiliyning oyogʻidagi xastalik tufayli oqsoq boʻlib qolgani haqida ham maʼlumot berilgan.
Manbalar
Turkum:Navoiyshunoslik