Mir Habibulloh (15-asr) – xurosonlik fors shoiri va sozanda, Mir Sadrning oʻgʻli. Nomi “Majolis un-nafois”ning beshinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning ud musiqa asbobini chalishga ragʻbati borligini aytib, musiqa ilmida kamolga yetishiga umid bildiradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:Az chi dar shomi gʻamat olam ba chashmam shud siyoh,

Gar namurd az sarsari oham charogʻi mehru moh?(Mazmuni: Agar ohim yelidan quyosh bilan oyning chirogʻi oʻchmagan boʻlsa, nima uchun gʻaming tunida butun olam koʻzimga qop-qorongʻu koʻrindi?)

Manbalar

Turkum:Navoiyshunoslik