Xoʻja Pista qabristoniMamlakat:O'zbekistonHudud:FargʻonaTuman:OʻzbekistonMaqomi:QabristonDafn etilgan:Xoja Hasan Nuriy Xoʻja Pista qabristoni — Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanining Nursux qishlogʻida joylashgan qabriston. Ziyoratgoh maydoni — 60 gektar. Uning hududida 2 xil meva tugadigan pista daraxti mavjud. Saxobalardan boʻlgan Xoja Hasan Nuriy Fargʻona vodiysiga Islom dinini yoyish uchun keladi va bu yerdagi gʻayridinlar bilan jangga kirishadi. Janglarning birida Xoja Hasan Nuriyga dushmanlari qilich bilan zarba beradi. Qilich zarbidan yiqila turib Xoja oʻzining Kaʼbadan olib kelgan hassasini yerga qadaydi. Moʻjiza roʻy berib, hassa katta pista daraxtiga aylanadi. Lekin qayerdandir oʻt tushib daraxt butkul yonib ketadi. Aholi yongʻindan talofot koʻradi. Oʻt hoʻl-u quruqni baravar oʻz domiga tortayotgan paytda olov ichidan sahobalardan birining ruhi koʻrinadi-da, „Nasux“, yaʼni „daf boʻl“ deydi. Shundan soʻng olov bir zumda oʻchadi. Daraxt esa tagidan qayta oʻsib chiqadi. Shundan buyon bu qishloqning nomi Nursux deb nomlanadi. Mozor esa Xoʻja Pista nomi bilan mashhur. „Tazirat-ul-avliyo“ asarining 47-zikri Xoja Hasan Nuriy haqidagi xotiralardan iboratdir.
Xoʻja Pista bobo qabristoni maqbarasi hamda afsonaviy pista daraxti mahalliy turistik markaz sifatida ziyoratchilarni oʻziga jalb etgan. Bu yerga boshqa viloyatlardan sayohatchilar, mahalliy aholi yil davomida, ayniqsa, erta bahor — pista gullagan paytda ziyorat qilgani tashrif buyuradi. Mazkur daraxt bir yili pista, ikkinchi yili yongʻoq hosil berishi bilan barchani hayratga soladi. Ziyoratgohda uch mashhur valiy — Xoja Hasan Nuriy, Hazrat Said Kamol ota va Sulton pesh bobolar mangu qoʻnim topgan.
Hozirgi kunda, pista daraxti Fargʻona viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan muhofaza qilinadigan oʻsimliklar roʻyxatiga kiritilgan.
Yana qarang Hakim xalfa ziyoratgohi Shayxon ziyoratgohi Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi diqqatga sazovor joylar Turkum:Ziyoratgohlar Turkum:Fargʻona viloyatidagi ziyoratgohlar Turkum:Fargʻona viloyati