"type": "FeatureCollection", "features": [

"type": "Feature", "properties": { "marker-color": "#000000", "marker-size": "medium", "marker-symbol": "school" }, "geometry": { "type": "Point", "coordinates": [ 71.57636402341599, 40.99822929739887 ]

] } Namangan Prezident maktabi (toʻliq nomi Namangan shahridagi Prezident maktabi) — 2019-yil 6-dekabr kuni Namangan shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. Taʼlim muassasasining oʻquv reja hamda dasturlari Cambridge universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Shuningdek, maktabda oʻquvchilarning tahsil olish jarayoni asosan STEAM yoʻnalishiga oid darslik va oʻquv qoʻllanmalari orqali olib boriladi. Bu kabi darslik va oʻquv qoʻllanmalari Cambridge University Press, Oxford University Press hamda Collins kabi nashriyotlardan olib kelinadi.

Ochilish tarixi Namangan shahrida rasman 2019-yil 6-dekabr kuni ochilgan ushbu oʻquv muassasasiga dastlab Namangan viloyatining 7 ming nafardan ortiq 5-dan 10-sinfgacha bo'lgan maktab bolalari oʻquvchi boʻlish istagida imtihon topshirgan. Shundan 144 nafari saralab olingan. Chet ellik malakali mutaxassislarni ishga yollash bo‘yicha xizmat ko‘rsatib kelayotgan Teachaway (Kanada) va TIC Recruitment (Buyuk Britaniya) rekruting kompaniyalari tomonidan 11 nafar mutaxassis maktabda dars berish maqsadida saralab olingan. Maktab bitiruvchilari shahodatnoma, attestat, shuning bilan birga xalqaro darajadagi dastur diplomi (International Advanced Levels)ga ega boʻlishi mumkin. Muassasada 2020-yildan boshlab 11-sinf oʻquvchilari uchun Cambridge Mock imtihonlari tashkil etilgan. Yana qarang Prezident maktablari Prezident maktabi (Andijon) Prezident maktabi (Fargʻona) Prezident maktabi (Nurafshon) Prezident maktabi (Navoiy) Prezident maktabi (Buxoro) Prezident maktabi (Termiz) Prezident maktabi (Guliston) Prezident maktabi (Jizzax) Prezident maktabi (Samarqand) Prezident maktabi (Toshkent) Prezident maktabi (Xiva) Prezident maktabi (Qarshi) Prezident maktabi (Nukus)

Manbalar

Turkum:Prezident maktablari Turkum:Namangan viloyatida oʻquv yurtlari Turkum:2019-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar