Iminov Odiljon Karimovich (1963-yil Andijon viloyatida tavallud topgan) – muhandis, iqtisodchi, iqtisod fanlari doktori. 2020—2024-yillarda Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi.

Biografiyasi Odiljon Iminov 1963-yil 7-dekabrda Andijon viloyati Andijon tumanida tavallud topgan. 1986-yilda Andijon qishloq xoʻjalik institutini, 1998-yilda esa Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini, shuningdek 2004-yilda Maasstrixt menejment maktabi (Gollandiya)ni tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1986-yilda Andijon viloyati Ulugʻnor tumani „Doʻstlik“ xoʻjaligi muhandisi sifatida boshlagan.

1988—1990-yillarda Andijon viloyati Andijon tumanida xoʻjalik muhandisi, yoshlar tashkiloti qoʻmitasi kotibi, 1990—1992-yillarda Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti, 1992—1993-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi „Navroʻz“ jamgʻarmasi iqtisod boʻlimi boshligʻi, 1993—1997-yillarda „Oʻztadbirkorbank“ aksiyadorlik‐tijorat banki kreditlash boʻlimi boshligʻi, boshqaruv raisi yordamchisi vazifasini bajaruvchisi, Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi, 1997—1998-yillarda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi, 1998—1999-yillarda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash fondi kreditlash va loyihalarni monitoring qilish departamenti boshligʻi, Boshqaruv raisi oʻrinbosari, 1999—2001-yillarda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi doktoranti, 2001—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabi „Moliya“ kafedrasi mudiri, direktorning birinchi oʻrinbosari, direktor vazifasini bajaruvchisi, 2015—2017-yillarda Korporativ boshqaruv markazi direktori oʻrinbosari, kafedra professori, 2017—2018-yillarda Davlat boshqaruvi akademiyasi „Menejment nazariyasi va amaliyoti“ kafedrasi professori, 2018—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, 2018—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

2020—2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻlikni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi. Doʻstlik ordeni (2020) bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston senatorlari