Muhammad ibn Odam Samarqandiy (arabcha: محمد بن آدم سمرقندي — Muhammad ibn Odam Samarqandiy — Toʻliq ismi: Abulmuzaffar Muhammad ibn Odam Haraviy ibn Kamol Haraviy (vafoti 1023-yil)) — Adab, badiiyat ilmlari olimi va tilshunos.
Hayoti Muhammad ibn Odam Samarqandiyning tavallud topgan yili nomaʼlum. 414/1023-yilda vafot etgan. Allomaning „Sharhu-l-humosa“, „Sharhu-l-mutanabbiy“, „Sharhu-l-isloh“ va „Sharh isloh g‘alat Abi Ubayda Li Abi Muhammad Abdulloh ibn Muslim“ ("Ibn Qutayba Nahviy (vafoti 267-yil) nomi bilan tanilgan Abu Muhammad Abdulloh ibn Muslimning „Abu Ubayda xatosini isloh qilish“ asariga sharh") asari maʼlum.Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 562.
Asarlari „Sharhu-l-humosa“, „Sharhu-l-mutanabbiy“, „Sharhu-l-isloh“, „Sharh isloh g‘alat Abi Ubayda Li Abi Muhammad Abdulloh ibn Muslim“
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Islom:Shaxslar