Mixail Anatolyevich Smirnov (; 1967-yil 10-avgust, Minsk) – Rossiya ligalarida himoyachi va yarim himoyachi sifatida oʻynagan belaruslik futbolchi.

Klubdagi faoliyati Minskning „Dinamo“ futbol akademiyasi bitiruvchisi. Keyinchalik Minskdagi SDYUSHORda oʻqigan. 1985-yilda oʻzining professional faoliyatini Minskning „Dinamo-2“ jamoasida boshlagan va bu yerda 4 mavsum oʻynagan. 1989-yil boshida Namanganning „Navbahor“ jamoasiga oʻtgan va shu vaqt ichida 14 oʻyin oʻtkazgan. 1989-yil oʻrtalaridan Dnepr Mogilovda oʻynagan. 1992-yilda – Belarus mustaqillikka erishgandan soʻng, ushbu klub bilan yangi tashkil etilgan Belarusiya Visheyshaya ligasida oʻynay boshlagan.

1992-yil oʻrtalarida „Zawisza Bydgoshch“ ga oʻtgan. 1992-1993-yilgi mavsumning kuzgi bosqichida birinchi ligada 11 oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. 1992-yil noyabr oyida Minskning „Dinamo“ siga joʻnadi va u yerdan yarim yildan soʻng Moskvaning „Torpedo“ klubiga ijaraga berilgan. 1993-yil 7-aprelda Rossiya Premyer-ligasida Vladikavkazning „Spartak“ jamoasiga qarshi oʻyinda (0:1) debyut qilgan. Umuman olganda, 1993-yilgi mavsumda ligada 2 ta oʻyin oʻtkazib, birorta ham gol ura olmagan. 1993-yil kuzida 1992-1993-yilgi mavsumda milliy chempionatda gʻolib chiqqan Minskning „Dinamo“ siga qaytgan va Yevropa musobaqalarida „Verder“ ga qarshi (2: 5 va 1: 1) saralash bahsida debyut qilgan.

1994-yilda Smirnov Germaniyaga koʻchib oʻtgan va bu yerda quyi ligada – II dan tortib VII toifadagi jamoalarda oʻynay boshlagan. 1996-1997-yilgi mavsumda „Shtutgarter Kikers“ klubi futbolchisi sifatida Bundesliga 2 ta oʻyinda 5 ta gol urgan. 2003-yil kuzida Belorussiyaga qaytib kelgan va bu yerda qisqa vaqt davomida futbolchilik faoliyatidagi soʻnggi klubi boʻlgan Minskning „Lakamatyu“ klibida oʻynagan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1967-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Belaruslik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:FC RUOR Minsk futbolchilari Turkum:FC Dinamo Minsk futbolchilari Turkum:FC Dnepr Mogilev futbolchilari Turkum:Zawisza Bydgoszcz futbolchilari Turkum:Torpedo Moskva klubi futbolchilari Turkum:SGV Freiberg futbolchilari Turkum:Stuttgarter Kickers futbolchilari Turkum:SV Eintracht Trier 05 futbolchilari Turkum:FK Pirmasens futbolchilari Turkum:SG Sonnenhof Großaspach futbolchilari Turkum:SpVgg Ludwigsburg futbolchilari Turkum:FC SKVICh Minsk futbolchilari