Natalya Yevgeniyevna Dianskaya (7-mart, 1989-yil, Navoiy) — asli oʻzbekistonlik Rossiya voleybolchisi, markaziy bloker, xalqaro toifadagi sport ustasi.

Biografiyasi Natalya Dianskaya Oʻzbekistonning Navoiy shahrida tugʻilgan, bolaligida oilasi bilan Cherepovetsga koʻchib oʻtgan. Cherepovets SDYUSSHORda murabbiy Tatyana Borisovna Myasnikova bilan voleybol oʻynashni boshlagan, 2004-yilda Severstal jamoasiga qoʻshilgan.

2005-yilda Rossiya oʻsmirlar terma jamoasi tarkibida Tallindagi Yevropa chempionatida kumush medal va „eng yaxshi bloker“ sovrinni qoʻlga kiritdi. Makaodagi jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2006-yilda yoshlar toifasidagi jamoada, Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida eng yaxshi oʻyinchi boʻlgan.

2008-yilda Natalya Dianskaya „Severstal“dan Krasnodarning „Dinamo“siga oʻtdi. 2008—2009-yilgi mavsumda yangi jamoasi bilan Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Mavsum oxirida Fakelga klubiga oʻtdi, keyingi ikki yil davomida Novy Urengoy jamoasida oʻynadi.

2011-yilda ilk klubi — „Severstal“ga qaytdi. Ushbu jamoada ikki mavsum oʻynadi. 2012—2013-yilgi Rossiya chempionatida dastlabki bosqichdan keyin blokda toʻplangan ochkolar boʻyicha 4-oʻyinchi boʻldi. Chempionat yakunlariga koʻra, „Severstal“ elit divizionni tark etdi, Natalya Dianskaya „Dinamo Krasnodar“ bilan shartnoma imzoladi.

Keyin esa Rossiya terma jamoasi murabbiyi Yuriy Marichev Natalyani terma jamoaga taklif qildi.

2013-yil yozida Montreux Volley Masters turnirining kumush medali sovrindori, Yeltsin kubogi va Qozondagi Universiada gʻolibi boʻldi. 11-avgust kuni Yekaterinburgdagi Gran-pri turnirida u Rossiya terma jamoasi safidagi ilk rasmiy oʻyinni oʻtkazdi. Sentyabr oyida terma jamoa bilan Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi.

2014—2015-yilgi mavsumda „Dinamo Krasnodar“ tarkibida „Oltilik“ning „eng yaxshi blokeri“ sovrini, Yevropa voleybol konfederatsiyasi kubogi va klublar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritdi.

Statistika Natalya Dianskaya Rossiya terma jamoasining rasmiy oʻyinlarida Oʻyinlar Ballar 2013-yilgi Gran-pri 1 — Yevropa chempionati 2013 6 9 (3, 3, 3) Jahon chempionlar kubogi 2013 5 17 (7, 10, 0) Jami 12 26 (10, 13, 3)

Manbalar

Havolalar

Natalya Dianskayaning „Dinamo Krasnodar“ saytidagi sahifasi Xalqaro voleybol federatsiyasi veb-saytidagi sahifa ) „Voley Service“ agentligi saytidagi sahifa

Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:7-martda tugʻilganlar Turkum:Navoiyda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar