Catch Me If You Can, 2002-yilda Steven Spielberg rejissyorli va prodyuserlik qilgan, Leonardo DiCaprio va Tom Hanks bilan Christopher Walken, Martin Sheen, Nathalie Baye, Amy Adams va James Brolin ishtirok etgan biografik, jinoiy, komediya-drama janrlaridagi AQSH filmidir. Jeff Natansonning ssenariysi Frank Abagnale Jrning xuddi shu nomdagi yarim avtobiografik kitobiga asoslangan boʻlib, u oʻzining 19 yoshga toʻlishidan oldin oʻzini Pan American World Airways uchuvchisi, Georgia shifokori va Luiziana cherkov prokurori sifatida koʻrsatib, millionlab dollarlik zararlarni yetkazganini tasvirlaydi. Uning hikoyasining tarixiy haqiqati juda bahslidir .
Abagnalening xuddi shu nomdagi kitobining kino versiyasi 1980-yilda kitob nashr etilganidan keyin koʻp oʻtmay keng muhokama qilindi. Keyinchalik 1997-yilda DreamWorks Spielberg uchun kino huquqlarini sotib olganidan soʻng qiziqishlar jiddiy boʻla boshlaydi. David Fincher, Gore Verbinski, Lasse Hallström, Miloš Forman va Cameron Crowe Spielbergning oʻzi rejissyorlik qilishga qaror qilishidan oldin uni filmning rejissyori deb hisoblashgan. Suratga olish ishlari 2002-yilning fevralida boshlanib, mayida oʻz nihoyasiga yetdi.
Film 2002-yilning 25-dekabrida premyera qilina boshlaydi. 75-Oskar mukofotlarini topshirish marosimida, Christofer Walken eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor, John Williams esa eng yaxshi original qoʻshiq uchun nomzod boʻladi.
Syujeti 1969-yilda FQB agenti Carl Hanratty qamoqxona sharoiti tufayli kasal boʻlib qolgan Frank Abagnale Jr ismli mahbusni olib ketish uchun Fransiyaning Marsel shahriga keladi.
6 yil oldin, Frank Abagnale Jr Nyu-Yorkning New Rochelle shahrida otasi Frank Abagnale Sr va fransuz onasi Paula bilan yashayotgan boʻladi. Yoshligida u otasining odamlarni aldashda ishlatiladigan koʻplab usullariga guvoh boʻladi. Frank Srning IDH bilan soliq muammolari tufayli oila kichik kvartiraga koʻchib oʻtishga majbur boʻladi.
Kunlarning birida Frank otasining New Rochelledagi Rotary klubidagi doʻsti Jek Barnsni onasi bilan ishqiy munosabatda boʻlganini bilib qoladi. Keyinchalik ota-onasi ajrashganda, Frank uydan qochib ketadi. U pulga muhtoj boʻlgani uchun turli xil firibgarliklar bilan shugʻullanadi. Bu esa uning salbiy jihatlarining oshishiga sabab boʻladi. U Frank Taylor nomi bilan soxta Pan American World Airways uchuvchisiga aylanadi va aviakompaniyaning ish haqi cheklarini soxtalashtiradi. Koʻp oʻtmay, uning qalbakilashtirishlari millionlab dollarga aynaladi.
Abagnale Jr ning jinoyatlari haqidagi xabar FQBga yetib boradi va agent Carl Hanratty Frankni kuzatishni boshlaydi. Carl uni mehmonxonada topadi, lekin Frank Carlni Barry Allen ismli Maxfiy xizmat agenti ekanligini aytib, uni laqillatadi. Carl aldanganini anglab yetmasdan u mehmonxonadan qochib ketadi.
Keyinchalik u Frank Conners nomi bilan doktor sifatida kasalxonaga ishga kiradi. Doktor sifatida u sodda va yosh hamshira Brendani sevib qoladi. Frank Brendaning advokat otasidan uning qoʻlini va Luiziana shtatidagi advokatlik imtihonini topshirishida yordam soʻraydi. Carl Frank va Brendaning unashtirish ziyofatida uni qoʻlga tushuradi, ammo Frank yotoqxona derazasidan qochib ketadi va Brendaga uni 2 kundan keyin Mayami xalqaro aeroportida kutib olishini aytadi.
Aeroportda Frank Brendani koʻradi, ammo uning atrofida fuqarolik kiyimidagi agentlarni payqab qoladi. U Brendadan umidini uzadi va mashinasi haydab ketib qoladi. U oʻzining eski uchuvchi kasbiga qaytishga qaror qiladi va mahalliy kollejda styuardessalarni yollash boʻyicha yolgʻon tanlovni uyushtiradi. U styuardessa sifatida 8 nafar ayol bilan atrofini qurshab olgan holda oʻzini Karl va aeroportdagi boshqa agentlardan yashiradi va Madridga (Ispaniyaga) ketadigan reysda qochib ketadi.
1967-yilda Carl Frankning onasining ona shahri Montrixarddan uni yana qoʻlga tushuradi va uni aldab hibsga olishga muvaffaq boʻladi.
1969-yilda Carl Frankni AQShga qaytarib olib keladigan reysga oʻtirishadi. Ular AQShga yaqin kelishganda, Carl unga otasi vafot etganini aytadi. Qaygʻuga botgan Frank samolyotdan qochib ketadi va hozirda Barnsdan qizi bor onasining uyiga yetib boradi. Carl Frankning u yerga borishini bilib, uni oʻsha yerda qoʻlga tushuradi. Frank taslim boʻlishga qaror qiladi va sud uni 12 yillik qattiq tartibli qamoqxonaga hukm qiladi.
Carl vaqti-vaqti bilan Frankning oldiga tashrif buyuradi. Bir tashrif davomida Carl unga oʻzi ishlayotgan ish boʻyicha firibgarlik ishini koʻrsatadi. Frank darhol bank xodimining firibgarlikka aloqadorligini aniqlaydi. Bu ish Carlda katta taassurot qoldiradi, u FQBdan Frankning jazo muddatining qolgan qismini FQBning moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash boʻlimida oʻtashiga ruxsat berishga koʻndiradi. Frank rozi boʻladi, lekin tez orada u oʻzini ofis ishlaridan zerikkan his qila boshlaydi.
Dam olish kunlarining birida Frank yana soxta uchuvchi nomi bilan firibgarliklarini davom ettirmoqchi boʻladi. Carl uning oldiga yetib boradi va endi hech kim Frankni ushlab turmasligini va u oʻz yoʻlini tanlashi kerakligini, shundan keyin u keta olishini aytadi. Shunday qilib u yana FQBga qaytishga qaror qiladi va Carl bilan yana bir firibgarlik ishlarini yeshishga harakat qilishadi. Shu paytda, Carl undan Luiziana shtatidagi advokatlik imtihonidan qanday muvaffaqiyatli oʻtgani haqida soʻraydi. Frank esa imtihondan oʻzi oʻqib oʻtganini taʼkidlaydi. Carl bunday hayratda qoladi.
Maʼlumotlarga qaraganda, Frank 26 yil davomida Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻrta Gʻarbiy qismida rafiqasi bilan birga yashaydi va ularning jami 3 oʻgʻli bor boʻladi. Frank Carl bilan umrbod doʻst boʻlib qoladi. U keyinchalik bank firibgarligi va qalbakilashtirish boʻyicha dunyodagi yetakchi ekspertlardan biriga aylanadi.
Rollarda
+Aktyor/AktrisaRolLeonardo DiCaprioFrank Abagnale Jr rolida, firibgarga aylangan yosh yigit, keyinchalik FQBning moliyaviy jinoyatlar boʻlimida bank firibgarligi boʻyicha maslahatchiTom HanksCarl Hanratty rolida, FQB agentiChristopher WalkenFrank Abagnale Sr rolida, Frank Abagnale Jrning otasiNathalie BayePaula Abagnale rolida, Frankning onasiMartin SheenRojer Strong rolida, advokatAmy AdamsBrenda Strong rolida, yosh kasalxona xodimi va Rojerning qiziJames BrolinJack Barnes rolida, Paula bilan ishqiy munosabatda boʻlgan Frank Abagnale Srning doʻstiNancy LenehanBrendaning onasi Carol Strong rolidaCandice AzzaraDarcy rolidaAmy AckerMiggy Acker rolida, Frank aldagan styuardessalardan biriThomas KopacheEvans rolida, Frank oʻqigan maktab direktoriJames Morrisonuchuvchi rolidaJasmine Jessica AnthonyPaula va Jackning qizi rolida
Ishlab chiqarish
Rivojlanish Frank Abagnale 1980-yilda film huquqlarini sotadi . Abagnalening soʻzlariga koʻra, prodyuserlar Norman Lear va Bud Yorkin uni "The Tonight Show" da Jonni Carson bilan koʻrganidan keyin film huquqlarini sotib olishgan. Ikki yildan soʻng, ular huquqlarni Columbia Picturesga sotadilar, u oʻz navbatida prodyuser Hall Bartlettga huquqlarni sotadi. Bartlett va uning biznes hamkori Micheal J. Lasky ssenariy yozish uchun Steven Kunesni ishga oladilar, biroq Bartlett loyiha distribyutor topguncha vafot etadi . Keyin huquqlar Hollywood Picturesga sotiladi va loyiha koʻproq yordamga muhtoj boʻlgani sababli huquqlar yana TriStar Pictures boʻlimi boʻlgan Bungalow 78 Productionsga sotiladi. U yerdan loyiha DreamWorks Picturesda Steven Spielbergga taqdim etiladi . Daily Variety maʼlumotlariga koʻra, ijrochi prodyuser Micheal Shane film huquqlarini 1990-yilda Paramount Pictures uchun sotib olgan . 1997-yil dekabriga kelib Barry Kemp Shanedan film huquqlarini sotib oladi va loyihani DreamWorksga olib keladi. Jeff Natanson boʻlsa film ssenariysini yozadi . 2000-yil apreliga kelib, David Fincher bir necha oy davomida rejissyorlikka qoʻshiladi, ammo boshqa loyiha tufayli filmdan ketishga majbur boʻladi. 2000-yil iyul oyida Leonardo DiCaprio bosh rolni oʻynash boʻyicha munozaralarga kirishadi va Gore Verbinski rejissyorlik qilishi kelishilib olinadi . Spielberg prodyuser sifatida shartnoma imzolaydi va suratga olish ishlarining boshlanishi 2001-yil mart oyiga belgilanadi .
Kasting Verbinski James Gandolfinini Carl Hanratty, Ed Xarrisni Frank Abagnale Sr va Chloë Sevignyni Brenda Strong rollarini ijro etish uchun tanlaydi . Verbinski DiCaprioning "Nyu-York toʻdalari" filmidagi rolini tugatmagani uchun filmni tark etadi . Lasse Hallstryom 2001-yil may oyiga qadar rejissyorlik qilish uchun muzokaralar olib bordi, ammo 2001-yil iyul oyida u ham filmdan ketadi. Ushbu bosqichda Harris va Sevigny filmni tark etishdi, ammo Gandolfini rolida saqlanib qoldiriladi . DreamWorks asoschisi Spielberg Miloš Formanga direktorlik ishini taklif qiladi va Cameron Croweni ham ishga olishni oʻylab koʻradi. Ushbu muzokaralar davrida Spielberg filmni oʻzi boshqarish haqida oʻylay boshladi va oxir-oqibat "Katta baliq" va "Geyshaning xotiralari" kabi loyihalardan voz kechadi . Spilberg 2001-yil avgust oyida rasman rejissyorlik qilishni boshlaydi .Aynan oʻsha oyda Tom Hanksga "The Sopranos" filmi bilan vaqtni rejalashtirishdagi kelishmoqchiliklar tufayli filmdan chiqqan Gandolfinining roli beriladi Hanks to Catch Leo For Spielberg.
Sevignyning oʻrniga Brenda Strong roli uchun aktrisa izlash bir necha oy davom etadi. Amy Adams oxir-oqibatda rolga ega chiqadi. Spielberg Amyning ijrosini ajoyib deb hisoblaydi va prodyuser Walter F. Parkes u haqida iliq fikrlarni bildiradi. Christopher Walken Parkesning taklifiga binoan Frank Abagnale Sr. rolini oladi. Martin Sheen Rojer Strongni rolini oʻynaydi. Spielberg Paula Abagnale roli uchun haqiqiy fransuz aktrisasini izlaydi chunki u filmdagi fakt haqiqat boʻlishini xohlagan edi. U Parijda yashovchi Brian De Palmadan yordam soʻraydi va Nathalie Baye kabi bir qancha aktrisalarni sinovdan oʻtkizadi. Spielberg Jennifer Garnerni „Alias“ filmida koʻrib qoladi va unga filmdagi kichik rolni taklif qiladi .
Suratga olish Suratga olish ishlari 2002-yilning yanvar oyida boshlanishi rejalashtirilgan edi , ammo bu 7-fevral sanasiga koʻchiriladi va Los-Anjelesga (Kaliforniya) da boshlanadi . Suratga olish joylariga Burbank, Downey, New York shahri, LA/Ontario xalqaro aeroporti, Quebec shahri va Montreallar kirgan . Film atigi 52 kun ichida 147ta joyda suratga olinadi. DiCaprio shunday fikr bildirdi: „Biz uch kun davom etadi deb oʻylagan sahnalarni bir kunda tugatdik“ . Suratga olish ishlari 25-30 aprel kunlari Waldorf-Astoria mehmonxonasi tashqarisidagi Park avenyuda davom etdi. Ishlab chiqarish New Jersey shtatining Orange shahriga koʻchib oʻtadi va bank va sud binosi sahnalari uchun Bruklinga qaytadi. Suratga olish ishlari John F.Kennedy xalqaro aeroportidagi TWA parvoz markazida ham boʻlib oʻtadi . Quebec shahri oʻzining Yevropacha xarakteri va fransuzcha hisyot berishi tufayli tanlangan edi. Suratga olingan Qadimgi Quebec ichidagi Place Royale Montrichardni bildirgan. Frank hibsga olingan sahna fonidagi cherkov boʻlsa Notre-Dame-des-Victoires cherkovi boʻlgan . Oxir-oqibat suratga olish ishlari 12-may kuni Montrealda yakunlanadi .
Musiqa Filmning saundtreki 2002-yil 10-dekabrda DreamWorks Records tomonidan chiqariladi. Asl musiqa John Williams tomonida yozilgan.
Tarix boʻgʻliqligi