Vadim Chemirtan (; 1987-yil 21-iyul; Tiraspol, Moldaviya SSR, SSSR) — moldaviyalik futbolchi, hujumchi. Moldova terma jamoasi futbolchisi. Oʻzbekistonning AGMK, Bunyodkor va Buxoro futbol klublarida oʻynagan.

Faoliyati Tiraspoldagi „Sherif“ akademiyasining tarbiyalanuvchisi. 2005-yilda Tiraspol FK tarkibida oʻynay boshladi. 2005—06-yilgi mavsumda Tiraspol bilan chempionatning bronza medali sovrindori boʻldi. Keyinchalik Moldovaning bir nechta klublarida faoliyat yuritdi. Ulardan eng mashhurlari „Iskra-Stal“, „Nistru“, „Dinamo-Avto“ va „Dacia“ klublaridir. 2016-yilning yozida Tan Kuang Nin futbol klubi tarkibida ikki oy harakat qildi.

2016-yilning qolgan qismida O‘zbekistonning „Buxoro“ klubida o‘ynagan. Chemirtan buxoroliklar safida 80-raqamda harakat qilgan. 2016-yilda 11 ta oʻyin oʻtkazgan va raqiblar darvozasiga 8 ta toʻp kiritgan. Yanvar oyida Oʻzbekistonning yana bir klubi — „Bunyodkor“ bilan shartnoma imzoladi. 2018-yilni AGMKda boshladi, mavsum oʻrtasida „Buxoro“ga qaytdi. Biroq, Oʻzbekiston chempionatida debyut mavsumidagi natijalarini takrorlay olmagan Chemirtan 2019-yilning qishida Oʻzbekistonni tark etdi. 1987-yilda tugʻilgan futbolchi ayni paytda oʻz yurtida Tiraspolning „Dinamo-Avto“ jamoasi sharafini himoya qilyapti.

Moldova yoshlar va oʻsmirlar terma jamoalarida oʻynagan. Moldova milliy terma jamoasiga 2016-yilning bahorida jalb etila boshlagan. Terma jamoadagi debyut uchrashuvini 24-mart kuni Maltaga qarshi o‘yinda oʻtkazgan. To‘rt kundan keyin esa Andorraga qarshi o‘yinda ham terma jamoasi tarkibida harakat qilgan. Hozirgacha u oʻz mamlakati terma jamoasi safida ikkita oʻyin oʻtkazgan.

Yutuqlari

2015—2016-yilgi mavsumda „Dacia“ tarkibida Moldova chempionatining kumush medali sohibi 2005—2006-yilgi mavsumda Moldova chempionatining bronza medali sohibi

Manbalar

Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:21-iyulda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Moldovalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:FC Sfîntul Gheorghe futbolchilari Turkum:FC Zimbru Chișinău futbolchilari Turkum:Ma'an SC futbolchilari Turkum:FC Tighina futbolchilari Turkum:FC Academia Chișinău futbolchilari Turkum:FC Iskra-Stal futbolchilari Turkum:FC Nistru Otaci futbolchilari Turkum:FC Costuleni futbolchilari Turkum:FC Dinamo-Auto Tiraspol futbolchilari Turkum:FC Dacia Chișinău futbolchilari Turkum:Than Quang Ninh FC futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Moldova Super Ligasi futbolchilari Turkum:Iordaniya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Moldovalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Vyetnamdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Vyetnamdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Iordaniyadagi muhojir erkak futbolchilar