SCAT Airlines, rasmiy „SCAT Aviakompaniyasi“ AJ, Qozogʻiston aviakompaniyasi boʻlib, bosh ofisi Qozogʻistonning Chimkent shahridagi Chimkent xalqaro aeroporti hududida joylashgan. Qozogʻistonning barcha yirik shaharlari va qoʻshni davlatlarga xizmat koʻrsatadi. Asosiy bazasi Chimkent aeroporti boʻlib, ikkilamchi havo tuguni Aqtau xalqaro aeroporti, Nursulton Nazarboyev xalqaro aeroporti va Olmaota xalqaro aeroportida joylashganFlight International 12-18 April 2005.
Tarixi Aviakompaniya 1997-yilda tashkil etilgan va faoliyatini boshlagan. Nomi Maxsus yuk havo transporti (inglizcha: Special Cargo Air Transport) jumlasining qisqartmasi hisoblanadi. thumb|SCAT Airlines Boeing 737-8 MAX samolyoti SCAT Sunday Airlines kompaniyasiga yangi charter korxonasi va shoʻba korxonasi sifatida asos soldi, buning uchun SCAT toʻrtta Boeing 757-200 va bitta Boeing 767-300ER samolyotlaridan foydalanadich-aviation.com — SCAT retrieved 17 June 2015.
2017-yil noyabr oyida aviakompaniya Amerikaning Boeing korporatsiyasi bilan oxirgi avlod Boeing 737 MAX 8 rusumli oltita samolyotini sotib olish boʻyicha qatʼiy shartnoma imzoladi. 2018-yil 29-martda kompaniya parki postsovet mamlakatlarida birinchi Boeing 737 MAX 8 (CFM International LEAP-1B dvigatellari bilan) bilan toʻldirildi. Bu xarid qilingan oltita Boeing 737 MAX 8 samolyotlaridan birinchisi sanlanadi.
2018-yilda SCAT Airlines uchun Yevropa havo hududi cheklovlari olib tashlandi va 2018-yil may oyida Vilnyus Yevropa Ittifoqidagi birinchi muntazam manzilga aylandi. 2018-yil mart oyida SCAT aviakompaniyasi Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining (IATA) toʻliq aʼzoligiga qabul qilindi. SCAT Airlines IATA reestriga kiritilgan Qozogʻistonning ikkinchi aviakompaniyasi boʻldi.
2019-yilning 13-mart kuni Qozogʻistonda Boeing 737 MAX samolyotlari foydalanilishi toʻxtatildi.
2021-yil 18-fevralda Qozogʻistonda Boeing 737 MAX samolyotlaridan foydalanishga qoʻyilgan ikki yillik taqiqdan keyin SCAT Airlines Amerika qitʼasidan tashqarida ushbu samolyotlarda muntazam tijorat reyslarini tiklagan birinchi aviakompaniyaga aylandi.
Parvoz manzillari
Kod-shering shartnomalari SCAT Airlines Ozabayjon havo yoʻllari bilan kod-shering shartnomasiga ega.
Aviaparki 2022-yil oktyabr holatiga koʻra, SCAT Airlines aviaparki quyidagi havo kemalaridan iborat: +SCAT Airlines aviaparkiSCAT Airlines Fleet Details and History planespotters.net, accessdate 18 September 2020 Samolyot Xizmatda Buyurtmalar Yoʻlovchilar Eslatmalar C Y Jami Boeing 737-300 5 — — 144 144 Boeing 737-500 3 — — 118 118 Boeing 737-700 1 — — 149 149 Boeing 737-800 7 — — 189 189 Boeing 737 MAX 8 2 1 — 186 186 MDH mijozi ishga tushirildi Boeing 737 MAX 9 3 2 — 213 213 MDH mijozi ishga tushirldi Boeing 757-200 4 — 12 188 200 Boeing 767-300ER 1 — 32 268 300 Bombardier CRJ200ER 4 — — 50 50 Bombardier CRJ200LR 3 — — 50 50 Jami: 33 3
Baxtsiz hodisalar va falokatlar
2013-yilning 29-yanvarida SCAT Airlines aviakompaniyasining 760-reysi Almati xalqaro aeroportiga past koʻrinishda yaqinlashish vaqtida Qiziltu qishlogʻi yaqinida halokatga uchradi. Barcha 16 yoʻlovchi va 5 ekipaj aʼzosi halok boʻldi. 2018-yilning 26-iyul kuni SCAT Airlinesga tegishli UP-B5705 roʻyxatidan oʻtgan DV-5038 reysini amalga oshirayotgan Boeing 757-200 samolyoti Olmaota xalqaro aeroportida aylanib oʻtayotganda 236 yoʻlovchi va 9 ekipaj aʼzosi bilan uchish-qoʻnish yoʻlagi yuzasiga dumini urib oldi. Yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolari jabrlanmadi. Biroq, samolyot jiddiy zarar koʻrdi.
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayti
Turkum:Chimkent Turkum:Markaziy Osiyo aviakompaniyalari Turkum:Qozogʻiston iqtisodiyoti Turkum:Qozogʻiston aviakompaniyalari