Geolog stadioni — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Geolog MFYda joylashgan koʻp maqsadli stadion boʻlib, hozirgi vaqtda ushbu stadiondan asosan futbol sporti oʻtkazilib kelinadi. Stadion PFC Sevinch futbol jamoasining uy stadioni hisoblanadi.
Stadion tarixi Qarshi shahrida joylashgan „Geolog“ stadioni 1983-yil 1-mayda tashkil etilgan boʻlib, ushbu majmuoda erkaklar va ayollar fitnes zallari, suzish suv havzasi hamda sohil futboli (plyaj futboli) oʻynash uchun qumli maydon ham bor.
Tavsifi „Sevinch“ ayollar futbol jamoasi Oʻzbekiston Oliy ligasidagi uy oʻyinlarini „Geolog“ stadionida oʻtqazadi. „Geolog“ stadioni 1983-yil 1-may sanasida ochilgan. Stadion oʻz bagʻriga 11.000 ming muhlisni sigʻdira oladi. Stadion oʻlchami 105 x 68 metrni tashkil etadi. „Geolog“ stadioni 1993-yil, 1995-yil, 2011-yillar qayta taʼmirdan oʻtqazilgan. 2020-yil 26-may „Sevinch“ ayollar futbol klubi mashgʻullotlar bazasida taʼmirlash ishlari olib borildi. Stadion chimi tabiiy. Manzil: Nasaf koʻchasi, 5-uy.
Geolog stadioni Adress Nasaf koʻchasi, 5-uy. Telefon +998909982880 Foydalanishga topshirilgan vaqti1983-yil Maydon oʻlchami105 x 68 metr Tomoshabinlar sigʻimi11.000 Sektorlar soni 20 Mehmonlar sektori 5-sektor Maydon qoplamasi „Sportmaster“ (Daniya) Yoritish moslamasi 1200 lyuks
Musobaqalar Asosan Geolog stadionida Ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati va kubok oʻyinlariga mezbonlik qiladi. 2015-yil 16—23-aprel kunlari ilk marotaba Oʻzbekiston superkubogi oʻyinlari oʻtazildi. Birinchi oʻyin 16-aprel kuni Bekobod shahrida oʻtqazildi va oʻyin 0:3 hisobida Sevinch foydasiga hal boʻldi. Ikkinchi oʻyin 23-aprelkuni Qarshi shahri Geolog stadionida oʻtqazildi va oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi va gollarni 20 daqiqada Zebo Joʻraeva (Sevinch), 22-daqiqada Moxigul Ikromova (Metallurg W) kiritishdi. Ikki oʻyin natijasiga koʻra Sevinch „Metallurg W“ (Bekobod) jamoasini 4-1 hisobida magʻlub etib superkubok sohibi boʻldi.
Yana qarang
Qarshi markaziy stadioni Gʻuzor stadioni Bahrom Vafoev nomli stadion
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi futbol stadionlari Turkum:Stadionlar Turkum:Qarshida sport
Havolalar
Jahon stadionlarida stadion haqida maʼlumot