Tirik qolish rejimi — videooʻyinlardagi oʻyin rejimi boʻlib, unda oʻyinchi oʻyinda imkon qadar uzoq tirik qolishi kerak, oʻyin esa oʻyinchiga borgan sari qiyinlashib boruvchi topshiriqlar yoki vazifalar yuboradi. Shunindek, rejimning bir turida oʻyinchi maʼlum bir vaqt davomida yoki maʼlum bir toʻlqingacha chidab berishi kerak, shundan soʻng gʻalabaga erishiladi. Ushbu rejim minora mudofaasi oʻyinlari orasida keng tarqalgan boʻlib, unda oʻyinchi maʼlum bir yerning mudofaasini kuchaytirgan holda dushman kuchlaridan iloji boricha uzoq vaqt himoyalanishi kerak. Tirik qolish rejimini klassik arkada oʻyinlariga oʻxshatishadi, bunga sabab, u yerda ham oʻyinchilar borgan sari kuchayib boradigan dushmanlar toʻlqiniga qarshi kurashishadi. Ushbu rejim oʻyinga aniq, baʼzan esa kutilmagan yakun yasashga moʻljallangan boʻlib, bundan koʻzlangan maqsad boshqa oʻyinchilar ham oʻynay olishi uchundir.
1993-yilning noyabrida „Power Instinct“ oʻyini oʻzining Super Nintendo portiga „Life Attack“ deb ataluvchi tirik qolish rejimini qoʻshdi. Game Boyʼdagi „Street Fighter II: The World Warrior“ ushbu rejimni 1995-yilda taqdim etadi, shundan keyin, 1996-yilda „Tekken 2“ va 1997-yilda „Street Fighter EX“lar ham tirik qolish rejimini o‘z ichiga oldi. Tirik qolish rejimiga ega mashhur zombi oʻyinlarga Left 4 Dead seriyasi, „Call of Duty: World at War“dan keyingi Call of Duty seriyasidagi oʻyinlar va minora mudofaasi oʻyini boʻlmish „Plants vs. Zombies“lar kiradi. „Gears of War 2“da tirik qolish rejimining oʻrindosh nomi oʻlaroq „oʻrda rejimi“ atamasini kiritiladi,Glasser, Aj (15 October 2008). "Gears of War 2 – Horde Mode Is The Way To Go" . Kotaku. Retrieved 18 November 2011. keyinchalik bu atama „World War Z“ kabi boshqa oʻyinlar tomonidan ham oʻzlashtirib olinadi. Bundan tashqari, „Minecraft“ kabi koʻplab qumloq oʻyinlar ushbu rejimdan oʻyinchilarni tungi vaqtda skelet va zombi kabi turli xil maxluqlarga qarshi tirik qolishida ishlatishadi. Boshqa bir qumloq oʻyin „Rust“, oʻyinchimas personajlarni ham, boshqa oʻyinchilarni ham oʻyin muhitida tirik qolish uchun bir-biriga qarshi qoʻyib dushman oʻlaroq ishlatadi.
Manbalar
Turkum:Videooʻyin jarayonlari Turkum:Videooʻyin rejimlari