Bengal yoʻlbarsi Fisher D., Saymon N., Vinsent D. Krasnaya kniga. Dikaya priroda v opasnosti / per. s angl., pod red. A. G. Bannikova. – M.: Progress, 1976. – S. 112. – 478 s. – yoʻlbarslarning Pantera tigris tigris kenja turiga mansub boʻlib, yovvoyi mushuksimonlar orasida eng yiriklarida biri. Uning tarqalish hududi Hindiston, Janubiy Nepal, Butan , va Janubiy – gʻarbiy Xitoyni oʻz ichiga oladi. 2011 yilda Bengal yoʻlbarslari soni 2500 dan kam boʻlgan, ularning kamayishi kutilmoqda . Biroq, 2010-yillarda yovvoyi tabiatda yoʻlbarslar sonining koʻpayishi kuzatilgan.
Uning tarixiy yashash hududi XIX asr boshlarigacha Hind Havzasigacha yetib borgan va taxminlarga koʻra, Hindiston yarimorolida soʻnggi pleystotsen davridan, yaʼni bundan 12000 – 16500 yil oldin paydo boʻlgan. Hozirgi kunda brakonerlar tomonidan solinayotgan xavf ularning yashash muhitining yoʻqolishi va parchalanishiga katta xavf solmoqda.
2022 – yil maʼlumotlariga koʻra, Bengal yoʻlbarlarining soni Hindistonda 3167 – 3682 ta, Nepalda 316 – 355 ta, Butanda 131 ta va Bangladeshda taxminan 125 tani tashkil etgan. Bengal yoʻlbarslari Hindistonning milliy ramziy hayvoni ham hisoblanadi.
Biologik tasnifi 1758 – yilda Karl Linney yoʻlbars uchun „Felis tigris“ ilmiy nomni qoʻllagan. U 1929 – yilda Reginald Innnes Pokok tomonidan Pantera jinsiga kiritilgan. Bengaliya hududi ushbu turning anʼanaviy tipik tarqalish joyi boʻlib, nominativ kenja turi Panthera tigris tigris hisoblanadi.
1999 – yilda Osiyo qitʼasida yo'lbarsning bir nechta kenja turlarining haqiqiyligiga shubhalar mavjud boʻlgan. Morfologik jihatdan turli mintaqalardagi yoʻlbarslar oʻrtasida farqlar deyearli kam va bu mintaqalardagi populyatsiyalar oʻrtasida genlar oqimi pleystotsen davrida boʻlgan degan taxminlar ham mavjud. Shuning uchun faqat ikkita kenja turni, yaʼni Osiyo qitʼasidagi P. T. Tigris va Katta Zond orollaridagi P.t.sondaica va shuningdek haqiqiy nomi Sundalanda deb ham aytiladi. P.t.tigrisning kenja turlari ikkita sinfni tashkil qiladi: Shimoliy sinf Sibir va Kaspiy yoʻlbarslari populyatsiyalarini, janubiy sinf esa qolgan barcha qitʼadagi yoʻlbarslar populyatsiyalarini oʻz ichiga olgan. Osiyo qitʼasida yoʻq boʻlib ketgan va hozir yashayotgan yoʻlbars populyatsiyalari 2017-yilda mushuksimonlar oilasining ilmiy tasnifi qayta koʻrib chiqilgandan soʻng Panthera tigris tigris tarkibiga kiritilgan.
Genetik guruhlari
32 ta yoʻlbars namunasi asosida oʻtkazilgan genetik tahlil natijalariga koʻra Bengal yoʻlbarsi namunalari Sibir yoʻlbarsi namunalari bilan emas, balki alohida bir kladaga (genetik guruhga) birlashganini koʻrsatadi.
Genetik kelib chiqishi Bengal yoʻlbarsi uchta oʻziga xos mitoxondrial nukleotid joylari va 12 ta noyob mikrosatellit allellari bilan tavsiflanadi. Bengal yoʻlbarsidagi genetik xilma-xillik namunasi uning taxminan 12 000 yil avval Hindistonga kirib kelgan degan farazga mos keladi. Bu holat Kech Pleystotsengacha Hindiston yarimorolida yoʻlbars suyak qoldiqlari topilmagani, shuningdek Erta Golotsen davrida dengiz sathining koʻtarilishi natijasida yarimoroldan ajralib qolgan Shri-Lankada yoʻlbarslar mavjud emasligi bilan ham tasdiqlanadi.
Manbalar
Turkum:Bengal yo'lbarsi