Dmitriy Stanislavovich Priyatnov (1978-yil 27-iyulda tugʻilgan, Xovos Sirdaryo) — rossiyalik siyosatchi, Federatsiya Soveti aʼzosi (2019-yilda).

Biografiyasi 1978-yil 27-iyulda Oʻzbekistonning Sirdaryo viloyati Xovos qishlogʻida tugʻilgan. Uzoq Sharq davlat aloqa universitetini tamomlagan. U LocoTech-Service MChJning Uzoq Sharq filialida Komsomolsk-na-Amurdagi Amurskoye xizmat koʻrsatish lokomotiv deposi boshligʻining oʻrinbosari sifatida ishlagan.

2019-yil 8-sentabrdagi saylov natijalariga koʻra, u Liberal-demokratik partiyadan Xabarovsk oʻlkasi Qonunchilik Dumasiga saylangan. 2019-yil 23-oktyabrda 32 ta ustun ovoz bilan u Federatsiya Soveti aʼzosi — mintaqadagi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi organi vakili etib saylangan. Viloyat saylov komissiyasi saytida maʼlum qilinishicha, D. S. Priyatnov Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 327-moddasi 1-qismi „Qalbaki hujjatlar, davlat mukofotlari, shtamplar, muhrlar yoki blankalarni qalbakilashtirish, ularni tayyorlash va muomalaga chiqarish“ boʻyicha sudlangan.

Xuddi shu kuni, 2019-yil 23-oktyabrda Priyatnov viloyat Dumasi deputatligidan ketgan.

Xabarovsk saylov komissiyasi raisi Gennadiy Nakushnovning 24-oktyabr kuni tushuntirishicha, Priyatnov avvalroq mashina sotib olgan, uning hujjatlari tuzatgan, ammo u bu ishlarda shaxsan qatnashmagan va mashina qidiruvda boʻlganligidan bexabar boʻlgan.

2019-yil 31-oktyabrda u Federatsiya Soveti aʼzoligidan voz kechgan.

Federatsiya Sovetining Reglament va parlament faoliyatini tashkil etish qoʻmitasi rahbari Vyacheslav Timchenkoning soʻzlariga koʻra, Priyatnovni Xabarovsk Dumasi vakili etib parlament yuqori palatasiga saylash boʻyicha hujjatlar u yerga kelib tushmagani uchun vakolatlarini tugatishga hojat qolmagan. Biroq, 25-noyabr kuni Federatsiya Soveti Priyatnovning iltimosiga binoan 31-oktyabrdan boshlab uning vakolatlarini muddatidan oldin tugatgan.

Manbalar

Turkum:Sirdaryo viloyatida tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:27-iyulda tugʻilganlar