Vera Muratova ( ; 1980-yil 3-iyulda tugʻilgan) — rossiyalik para ogʻir atletikachi. Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib o‘tgan 2020-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ayollar o‘rtasida 79 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritgan. Bir necha oy oʻtgach, Gruziyaning Tbilisi shahrida boʻlib oʻtgan 2021-yilgi jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Faoliyati 2012-yilda Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida 67,5 kg vazn toifasida 4-oʻrinni egalladi. 2012 va 2020-yillardagi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Rossiya sharafini himoya qilgan. 2020-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Rossiya Paralimpiya qoʻmitasi bayrogʻi ostida ishtirok etgan.
2014-yilda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtgan para ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida Vera Muratova bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2019-yil Qozog‘istonning Ostona shahrida boʻlib o‘tgan para ogʻir atletika bo‘yicha jahon chempionatida Vera Muratova ayollar oʻrtasida 86 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. 2021-yil iyun oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtgan para ogʻir atletika boʻyicha 2021-yilgi Jahon chempionatida Muratova 143 kg natijani qayd etgan holda jahon rekordini yangiladi va oltin medalni qoʻlga kiritdi. Yil Paralimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan shahar Vazn toifasi Urinishlar (kg) Jami Oʻrin 1 2 3 Yozgi Paralimpiya oʻyinlari 2012-yil London, Buyuk Britaniya 67,5 kg 107 111 116 111 4 2021-yil Tokio, Yaponiya 79 kg 132 136 138 132
Manbalar
Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiya sportchilari Turkum:Ayol sportchilar