Rustam Turdimurodov (; 4-aprel, 2004-yil) – oʻzbekistonlik professional futbolchi. Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi „Surxon“ klubida hujumchi ampulasida oʻynaydi.

Faoliyati

Paxtakor Oʻzbekistonning „Paxtakor“ klubi futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Rustam 2022-yil iyun oyida Paxtakor klubning asosiy jamoasi oʻyinlariga jalb etila boshlagan. U klubdagi debyutini 2022-yil 23-iyun kuni „Qizilqum“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazib, asosiy vaqtning soʻnggi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushirilgan. Mavsum yakunida futbolchi klub bilan birgalikda Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi boʻlgan.

2023-yil boshida futbolchi klubning asosiy jamoasi bilan mashgʻulot oʻtkazdi, biroq yozgi transfer oynasigacha asosan zaxira oʻyinchisi sifatida qoldi. U klubdagi ilk oʻyinini 2023-yil 2-aprel kuni Bekobodning „Metallurg“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi va 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. U mavsumning birinchi yarmida klub safida barcha musobaqalarda atigi 2 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Energetik-BGU 2023-yil iyul oyida Belarusning „Energetik-BGU“ klubi futbolchisiga qiziqish boʻlganligi haqida maʼlumot paydo boʻlgan. 2023-yilning avgust oyida futbolchi rasman klub bilan shartnoma imzolagan.

2024-yil fevral oyida „Andijon“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyat 2020-yil boshida futbolchi Oʻzbekiston 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi bilan birgalikda „Taraqqiyot kubogi“da ishtirok etgan. 2022-yilning iyun oyida 19 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida Belarusga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etib, golli uzatma bergan va gol urgan.

2023-yilning may oyida futbolchi Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga Jahon chempionatida ishtirok etish uchun chaqiruv olgan. U turnirdagi ilk oʻyinini 2023-yilning 20-may kuni Argentina terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Guruh bosqichi natijasiga koʻra, terma jamoa bilan birgalikda guruhda ikkinchi oʻrinni egallab, pley-off bosqichiga yoʻl olgan. 2023-yil 30-may kuni 1/8 final bosqichida Isroil jamoasiga yutqazib, jahon chempionatidagi oʻyinini yakunlagan.

Yutuqlar Paxtakor

Oʻzbekiston chempioni – 2022

Andijon

Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2024

Manbalar

Havolalar Rustam Turdimurodov OʻzPFL saytida Rustam Turdimurodov Transfermarkt saytida Rustam Turdimurodov Soccerway saytida

Turkum:4-aprelda tugʻilganlar Turkum:2004-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Belarus Premyer-ligasi futbolchilari