Lolazor — muallif Murod Muhammad Doʻst tomonidan 1988-yilda yozilgan roman. Roman 80-yillarda ogʻir davrlarni boshidan kechirayotgan Sovet davlatida yuz bergan turgʻunlik davri haqida hikoya qilib beradi. Ayni paytda bu roman Hamza nomidagi davlat mukofotiga loyiq koʻrilgan. Roman 2021-yilda Yangi Asr Avlodi nashriyoti tomonidan 669 betli qattiq muqovada kirill alifbosida chop etildi. Soʻnggi marta 2023-yilda Pharos Ambition nashriyoti tomonidan 672 betli qattiq muqovada lotin alifbosida 2 000 nusxada chop etildi.

Yozilish tarixi va mavzusi Asarda sovet davrining soʻnggi yillariga kelib kuchaygan turgʻunlik davri va u olib kelgan iqtisodiy hamda maʼnaviy tanazzulning oʻsha davrda yashagan insonlar hayotida namoyon boʻlishi bilan bogʻliq jarayonlar koʻrsatib berilgan. Roman 1988-yilda chop etilgan boʻlib, 1990-yilda Hamza nomidagi davlat mukofotiga loyiq deb topilgan.

Asar qahramonlari Nazar Yaxshiboyev, Xorun Kalonov, Oliya, Muhsina, Saidqul Mardonov va boshqalar.

Manbalar

Turkum:Oʻzbek yozuvchilari kitoblari Turkum:Oʻzbek tilidagi kitoblar