Bahoiy Eʼtiqodi (kirillcha „Bahoiy Eʼtiqodi“, „Bahoiylik“, „Bahoiyya“ „Bahoiylar“) – XIX asrda asos solingan din boʻlib, u barcha dinlar mohiyatan yagonaligi hamda barcha insonlarning birligini oʻrgatadi. Bu dinning asoschisi Bahoullohdir. Ushbu din dastlab Eron va Yaqin Sharq hamda Oʻrta Osiyoning baʼzi hududlarida tarqalgan. Dinga ergashganlar doimiy ravishda taʼqiblarga uchrab kelgan. Bahoiylar deb tanilgan mazkur dinning taxminan 9 million izdoshlari boʻlib, ular dunyoning aksariyat mamlakatlari va hududlariga tarqalganlar.
Bahoiy Eʼtiqodida uchta markaziy Siymo mavjud: Bob (1819-1850), Oʻzini insoniyatning maʼnaviy hayotini oʻzgartirishga qaratilgan xabarning etkazguvchisi deb eʼlon qiladi. Uning Vazifasi tinchlik va adolat davrini ochadigan Oʻzidanda buyukroq boʻlgan, va Ollohning qator Rasullari kabi keladigan Mazharning kelishiga yoʻl ochish edi. Bob 1850 yilda Eron hukumati va din peshvolari tomonidan qatl etiladi; Bahoulloh (1817-1892), 1863 yilda Oʻzini oʻsha Vaʼda qilingan Mazhar deb eʼlon qiladi va Oʻzining Muqaddas Bitiklarida U, inson hayotining ham maʼnaviy, ham moddiy jabhalarini nazarda tutadigan global sivilizasiya rivojlanishining asosini tasvirlab beradi. Bu Taʼlimoti uchun Ul Zot 40 yil qamoq, qiynoq va surgunga duchor boʻladi; Abdul-Baho (1844-1921) – Bahoulloh Oʻz vasiyatnomasida toʻngʻich oʻgʻli Abdul-Bahoni Oʻz Taʼlimotining vakolatli tafsirchisi va Eʼtiqodning Rahbari etib tayinlaydi. U 1908 yil, 64 yoshida qamoqdan ozod qilinadi. Abdul-Baho Sharq va Gʻarbda tinchlik elchisi, namunali inson va yangi Eʼtiqodning etakchi vakili sifatida taniladi.
1921-yilda vafot etgunga qadar, Abdul-Baho Oʻzining toʻngʻich nevarasi Shavqiy Effendini (1897-1957) Bahoiy Eʼtiqodining Muhofizi etib tayinlagan Vasiyatnoma qoldiradi. Shavqiy Effendi 36 yil davomida butun insoniyatning xilma-xilligini aks ettiruvchi Bahoiylar jamoasining oʻsib borayotgan birligini tizimli ravishda parvarishlash, tushunchani chuqurlashtirish va mustahkamlash ustida mehnat qiladi. Bahoiylar har yili, Bahoiylar jamoasining ishlarini boshqaradigan Hududiy Kengashlar, Mahalliy va Milliy Ruhiy Majlislarni saylaydilar. Har besh yilda bir marta, Isroilning Hayfa shahrida, Bobning Maqbarasi yaqinida joylashgan Bahoiy Eʼtiqodining xalqaro boshqaruv organiga 9 kishidan iborat Umumjahon Adolat Uyi saylanadi.
Bahoulloh Taʼlimotining asoslari Bahoiy Eʼtiqodining asosini Bahoullohning Taʼlimoti tashkil qiladi. Uning asosiy gʻoyasi insoniyatni yagona jahon oilasiga birlashish vaqti kelganligini bildiradi. Bahoiylar, yagona Olloh Oʻz irodasini vaqti-vaqti bilan Mazharlar deb nomlanuvchi ilohiy elchilar orqali ochib berishiga ishonadilar, ularning maqsadi insoniyat feʼl-atvorini tubdan oʻzgartirish va ulardagi axloqiy va maʼnaviy fazilatlarini rivojlantirishdir. Shu tariqa, din bilim va amaliyotning tartibli, yagona va progressiv tizimi sifatida koʻrib chiqiladi.
Bahoiylar dinning va Ollohning yagonaligi, insoniyatning yagonaligi kabi muhim tamoyillarga eʼtibor qaratadilar va irqchilik, seksizm va millatchilikdan ochiqchasiga voz kechib, insoniy tugʻma olijanoblik, diniy haqiqat insoniyatga bosqichma-bosqich ochib berilishi, ruhiy fazilatlarni rivojlantirishi, Ollohga ibodat va xizmatning yaxlitligi, jinslarning fundamental tengligi, din va fan oʻrtasidagi hamohanglik, barcha insoniy sohalarda adolatning markaziy oʻrni, taʼlimning ahamiyati, hamda insoniyat azaldan oʻz kollektiv etukligi sari siljib borar ekan shaxslar, jamoalar va muassasalarni oʻzaro bogʻlashi kerak boʻlgan munosabatlar dinamikasiga oid mavzularni koʻrib chiqadilar. Maqsad – barcha millatlar, irqlar, eʼtiqodlar va sinflarning farovonligini taʼminlaydigan yagona umumjahon tartibotga erishish.
Bahoulloh tomonidan yozilgan va turli odamlarga, jumladan, ayrim davlat rahbarlariga yuborilgan maktublar yigʻilib, Bahoiy Bitiklari toʻplamiga birlashtiriladi. Ushbu Muqaddas Bitiklar toʻplami Uning oʻgʻli Abdul-Baho hamda Bahoullohning Muboshiri hisoblangan Bobning Bitiklarini oʻz ichiga oladi. Bahoiy Bitiklari orasida "Kitobi-Aqdas", "Kitobi-Iqon", "Baʼzi savollarga javoblar", va „Tong darakchilari“ alohida ajralib turadi.
Etimologiya Ingliz tilida „Bahaʼi“ yoki „Bahai“ (oʻzbekcha Bahoiy) soʻzi Bahoiy Eʼtiqodiga nisbatan sifat kabi yoki Bahoulloh izdoshlariga qaratilgan termin kabi qoʻllanadi. Bu jumla soʻz turkumidagi otga mansub emas va dinning oʻzini anglatmaydi. U arabcha Baho (بهاء) soʻzidan kelib chiqib, „Shavkat“ yoki „Shuhrat“ maʼnosini anglatadi, holbuki, Bahoiy soʻzi aslida Arabchadan qarz olingan soʻz va uning shakllanishida faqatgina „i“ suffiksi Fors tiliga oiddir. „Bahaizm“ (Bahaʼism) jumlasi hamon ishlatiladi, koʻpincha kamsitilingan hollarda.
Din asoslari
Haqiqatni mustaqil izlash Butun insoniyatning birligi Bidʼat-xurofotlarning barcha shakllariga barham berish Adolatni insoniy ishlarda etakchi tamoyil sifatida belgilash Din va ilm-fan oʻrtasidagi uygʻunlik Ayollar va erkaklar huquqlarining tengligi Umumiy taʼlim Xalqaro yordamchi tilni qabul qilish Boylik va qashshoqlikning haddan oshishini bartaraf qilish Davlatlar oʻrtasidagi nizolarni hal qilish uchun xalqaro tribunalni tashkil etish.
Eʼtiqodlar va Qadriyatlar Asosiy maqola: Bahoiy taʼlimoti
Bahoiy taʼlimoti va eʼtiqodining negizini uch asosiy tamoyil tashkil etadi: Ollohning yagonaligi, dinlarning yagonaligi va insoniyatning yagonaligi. Bu postulatlardan shunday ishonch kelib chiqadiki, Olloh oʻz irodasini Ilohiy Mazharlar orqali namoyon etadi va bu mazharlarning maqsadi insoniyat xarakterini transformatsiya etish, hamda kimki bunga javoban hozir boʻlsa axloqiy va maʼnaviy sifatlarni rivojlantirishdir. Bunday qarashga binoan din – zamondan zamonga qadar tartibga ega, birlashtirilgan va progressivdir.
Olloh konsepsiyasi Asosiy maqola: Bahoiy Eʼtiqodida Olloh konsepsiyasialt=A white domed building|thumb|Sidney, Avstraliya, Inglsaidda joylashgan Bahoiy Ibodatxonasi Bahoiy Eʼtiqodida (Bahoiylikda) Olloh haqidagi konsepsiya monoteistikdir. Bahoiylar Ollohni anglab va etishib boʻlmas Xalloqi Olam sifatida qabul qilib, Abadiy, Aliym, Qayyum, Qodir, jamiyki Vahiylarning (Zuhurlarning) Manbai deb biladilar. Bahoiylar Ollohning mohiyati insoniy idrokka va tasavvurga sigʻmasligiga, ammo, har bir mavjudotda Uning xususiyat va sifatlarining namoyon boʻlishini koʻrish mumkinligiga ishonadilar. Bahoiylar, xuddi moddiy quyosh dunyoni yoritganidek, Ollohning nuri ham butun Yaralmish uzra yogʻilishini va hech bir insoniy idrok Ollohning mohiyatini tushunib yeta olmasligini misol qilib keltirishadi. Odamlarning Olloh haqidagi tasavvurlari qanchalik keng va chuqur boʻlmasin, bu tasavvur insoniy idrokining haddi bilan chegaralangan boʻladi.
Bahoiylar Ollohning insoniy yoki jismoniy shaklga ega ekanligini inkor qiladilar; bahoiylarning Muqaddas Bitiklarida erkak olmoshlaridan foydalanish jinsga koʻra emas, balki anʼana sifatida qoʻllanadi. Bahoiy Bitiklarda Ollohni tasvirlash uchun turli ismlar ishlatiladi, ularning eng ulugʻi arab tilidagi "Jalol" yoki "Baho" hisoblanadi.
Bahoiylar, Olloh zamonlar davomida Ibrohim, Krishna, Zardusht, Muso, Budda, Iso Masih, Muhammad kabi Mazharlar deb nomlanuvchi va ketma-ket biri birini almashtiruvchi Ilohiy Elchilarni yuboradi, deb ishonadilar. Bahoiylarning eʼtiqodiga koʻra, Bahoulloh bu Mazharlarning ushbu zamon uchun oxirgisidir.
Olloh Mazharlari xuddi ilohiy koʻzgular singari Ollohning sifatlarini Uning butun borligʻida aks ettiradilar. Ushbu Murabbiylar tufayli insonlar ruhiy rivojga erishishi va Ollohga yaqinlashishi mumkin. Bu haqda Bahoulloh shunday deydi:Ey, Ollohning Yagonaligiga iymon keltirganlar, Uning Amri Mazharlari oʻrtasidan farq topish yoki Ularning Vahiylari va bu xabarlariga hamroh keladigan alomatlarga xurofot ila qarashlik vasvasasidan ehtiyot boʻling. Darhaqiqat, siz haqni tanigan va unga ishongan boʻlsangiz, Ilohiy Birlikning asl maʼnosi shudir. Bundan-da ortiqroq: bilingki, har qanday Mazharning bitiklari va amallari hamda ular bilan bogʻliq boʻlgan barcha narsalar va kelajakda ular ochib berishi mumkin boʻlgan hamma narsa, Olloh tomonidan belgilangan va Uning Irodasi va Inoyatining aksidir. Kimki Ularning shaxsi, nutqi, xabari, amali va feʼlidagi farqqa zarracha ahamiyat bersa, darhaqiqat, u Ollohga iymon keltirmagan, Uning oyatlarini inkor etgan va Rasullarining Amriga xiyonat qilgan boʻladi. Mazharlar orqali Olloh Oʻz irodasi va maqsadini etkazadi va insoniyatning ruhiy, intellektual va axloqiy qobiliyatlarini parvarishlaydi. Mazhar kelganidan keyin dunyoda gʻayrioddiy taraqqiyot sodir boʻladi. Inson motivasiyasining manbaiga taʼsir qilib, Ularning taʼlimotlari butun xalqlarda, ilgari imkonsiz boʻlgan darajada, sivilizasiyaning rivojiga hissa qoʻshish qobiliyatini uygʻotadi. Bahoiylar, barcha dinlar yagona umumiy Manbadan kelib chiqqanligi va, mohiyatan, ularning barchasi tobora ochilib boradigan bitta Ilohiy dinning boblari ekanligiga ishonadilar. Bahoullohning yoritib berishiga koʻra, sivilizasiya taraqqiyotining navbatdagi bosqichi insoniyat oʻzining birligiga erishishi bilan bogʻliq.
Bahoiylar, bugungi kunda butun insoniyat balogʻat ostonasida turganiga ishonadilar. Insoniyat, goʻdaklik va bolalik davrining turli bosqichlarini jamoaviy engib oʻtdi. Butun dunyoda insoniyat jamiyati tub oʻzgarishlarni boshdan kechirib, ushbu eng buyuk yoʻnalish oydinlashmoqda: koʻz oʻngimizda sayyoraviy sivilizatsiya koʻrinishidagi umumbashariy jamiyatni shakllantirishdek oʻzgacha bir jarayon barpo boʻlmoqda.
Dinning Yagonaligi thumb|282x282px|Uilmett, Illinoys, AQSH, Bahoiy Ibodatgohi ustunidagi koʻplab dinlarning ramzlari. Asosiy maqola: Bahoiy Eʼtiqodi va dinning yagonaligi
Shuningdek: Progressiv Zuhur (Bahoiylik)
Bahoiylarning progressiv diniy zuhur haqidagi qarashlari ularni asoschilari va markaziy Siymolari Mazhar deb hisoblangan barcha taniqli jahon dinlarining haqiqiyligini tan olishga olib keladi. Diniy tarix diniy haqiqatlarning bosqichma-bosqich ravishda ochilib borilishi, muqaddas bitik matni shaklida va tarix shaklida koʻproq yoki kamroq aniqlik bilan uzatilib, biroq, hech boʻlmaganda mohiyatan haqiqat hamda, u nozil qilingan vaqt va joyga mos ravishda har bir namoyon biroz kengroq va rivojlangan zuhur keltirishi sifatida talqin qilinadi. Taʼlimning oʻziga xos diniy ijtimoiy jihatlari (masalan, qaysi yoʻnalishda namoz oʻqish yoki qachon va qanday roʻza tutish) yanada mos vaqt va joy talabini belgilash uchun keyingi Zuhur orqali oʻzgartirilishi mumkin, holbuki, baʼzi umumiy tamoyillar (masalan, mehribon qoʻshnichilik yoki rahm-shafqat) ommabop va uzviy davomlik hisoblanadi. Bahoiy eʼtiqodiga koʻra, bu bosqichma-bosqich zuhur jarayoni hech qachon tugamaydi va u turkum xususiyatiga ega. Bahoulloh ming yildan soʻng, Ollohning navbatdagi Mazhari kelishini aniq taʼkidlab oʻtgan.
Bahoiylar, ularning dini oʻz bitiklari va qonunlari bilan boshqa dinlardan mustaqil boʻlib, boshqa dindan kurtak otgan yoki boshqa din sektasi emasligini taʼkidlaydilar. Bahoiy dini oʻzining kelib chiqishiga koʻra dastlab Islomning mazhabi sifatida qaralgan. Hozir aksariyat diniy olimlar uni mustaqil din sifatida koʻrib chiqadilar va uning shia islomdagi diniy kelib chiqishiga esa nasroniylik vujudga kelgan yahudiy kontekstiga oʻxshash deb qaraladi. Bahoiylar, oʻz eʼtiqodini mustaqil umumjahon, nisbiy yoshi va Bahoulloh taʼlimotining zamonaviy kontekstga mosligi bilan boshqa anʼanalardan ajralib turadigan din sifatida tasvirlaydilar. Bahoulloh avvalgi dinlarning masihiy umidlarini oqladi, deb ishoniladi.
Inson tabiyati Shuningdek: Bahoiy Eʼtiqodi va insoniyat birligi va Bahoiy Eʼtiqodi oʻlimdan keyingi hayot haqida.