thumb|Dead Blonde 2022-yilda

Arina Nikolayevna Bulanova (haqiqiy familiyasi Murasheva; 1999-yil 6-aprel, Arxangelsk) – Dead Blonde nomi bilan tanilgan rus qoʻshiqchisi. TikTok ijtimoiy tarmogʻiga yuklangan „Malchik na devyatke“ va „Bespridannitsa“ qoʻshiqlari tufayli mashhurlikka erishgan.

Biografiyasi

Bolalik va yoshligi Arina Bulanova 1999-yil 6-aprelda Arxangelskda tugʻilgan. „Bulanova“ taxallusi taniqli qoʻshiqchi Tatyana Bulanovaning familiyasiga ishora qiladi. Arina bolaligini Solombala shahrida oʻtkazgan, 50-maktabda oʻqigan. Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtgandan soʻng, Tergov qoʻmitasi akademiyasiga oʻqishga kiradi va keyinchalik oʻqishni musiqiy karyera uchun tashlaydi.

Shaxsiy hayoti 2019-yilda GSPD musiqiy loyihasi muallifi David Deymurga turmushga chiqqan.

Manbalar

Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:6-aprelda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar