Xudo hofiz (, Pushtun: خداۍ حافظ (khuday hafiz), (Khoda Hafej), (Xudā Hāfiz), , kurdcha: , ) — fors tilidagi „Xodafez“ soʻzining qisqartirilgan shakli boʻlib, Eron, Afgʻoniston va Hindiston yarim orolida, shuningdek, oz miqdorda boʻlishiga qaramay, Ozarbayjon, Iroq hamda Kurdistonda foydalanib kelinayotgan forsiy jumla. Bu jumla xayrlashuv jarayonida xayrli tilak sifatida qoʻllanib kelinadi. Tilak Eronda yashovchi musulmonlardan tashqari musulmon boʻlmagan Janubiy Osiyo aholisi hamda xristianlar tomonidan ham keng foydalaniladi. Maʼnosi Jumlaning tarjimasi „Xudo panohida boʻl“dir. Jumladagi fors tilidagi xudo va arab tilidagi hofiz „asrovchi, qoʻriqlovchi“ kabi maʼnolarda keladi. Ushbu ibora fors/pushtun tilidan olingan boʻlib, keyinchalik ozarbayjon, kurd, sindhi, urdu, hind, bengal, panjob va boshqa tillarga oʻtgan.
Hofiz soʻzi Qurʼonda 40 maratoba ishlatilgan boʻlib, ularning 13 tasi toʻgʻridan-toʻgʻri Ollohga, 4 tasi farishtalarga, 6 tasi paygʻambarlarga, 2 tasi Lavhi mahfuz nomli kitobga va qolganlari insonlarga nisbatan ishlatilgan. Shuningdek, turli hadislarda ham Xudo hofiz iborasi orqali Ollohga, farishtalarga va insonlarga nisbat berilgan.
Romanizatsiyasi Transliteratsiyasi turli tillarda Khudā Hāfiz, Khudā Hāfez ve Khodā Hāfiz shaklida olinishi ham mumkin.
Aytilish shakllari Pokiston va Bangladesh kabi hududlarning islomlashuvi jarayonida fors tilidan koʻra koʻproq Qurʼon tili boʻlgan arab tilining oʻrni muhim ahamiyat kasb etganligi tufayli Allah Hafiz tarzida aytiladi.
Manbalar
Havolalar The Milli Gazette: Khuda Hafiz versus Allah Hafiz: a critique by Mahfuzur Rahman Daily Times: Khuda Hafiz ka Allah hee Hafiz by Ejaz Haider
Turkum:Forscha soʻzlar va iboralar Turkum:Hindcha soʻzlar va iboralar Turkum:Bengalcha soʻzlar va iboralar