Denis Anatoliovych Monastyrsky yoki Monastyrsky (, ; 1980-yil 12-iyun — 2023-yil 18-yanvar) ukrainalik huquqshunos va siyosatchi boʻlib, 2021-yil 16-iyuldan 2023-yil 18-yanvarda vertolyot halokatida vafot etguniga qadar Ukraina Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlaganParliament appoints Monastyrsky as Ukraine's interior minister , Ukrinform (16 July 2021). Volodimir Zelenskiy bilan prezidentlik kampaniyasi boshlanganidan beri juda yaqin boʻlgan.

Biografiyasi

Denis Monastyrsky 1980-yil 12-iyunda Sovet Ittifoqining Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi Xmelnitskiy shahrida tugʻilgan. Monastyrskiy Ukraina milliy fanlar akademiyasi Koretskiy nomidagi Davlat va huquq institutining sobiq talabasi edi. Huquq fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega boʻlganConsideration of motion on appointment of Monastyrsky as Interior Minister to take place on July 16 , Interfax-Ukraine (14 July 2021).

2007-yilda Monastyrskiy oʻz faoliyatini advokatlikdan boshlagan. Shuningdek, Xmelnitskiy menejment va huquq universiteti ilmiy-tadqiqot boʻlimining qonun ijodkorligi va ilmiy ekspertiza kafedrasini boshqarib, dotsent lavozimida ishlagan.

Monastyrskiy „Madaniyat orqali kelajakka“ Podiliya yoshlar madaniy uyushmasi hammuassisi va boshqaruv aʼzosi edi.

Monastyrsky 2014-yildan 2019-yilgacha 8-chaqiriq Ukraina Oliy Radasida Anton Gerashchenkoning maslahatchi-yordamchisi boʻlgan.

2019-yilgi Ukraina prezidentlik saylovlari arafasida Monastyrsky prezidentlikka nomzod Volodimir Zelenskiyning huquq-tartibot tizimini isloh qilish boʻyicha „jamoasi“ eksperti sifatida maydonga chiqqan edi Electoral history and small biography of Denys Monastyrsky , Civil movement "Chesno". Zelenskiy saylovda gʻalaba qozonib, 2019-yil 20-may kuni Ukraina prezidenti sifatida qasamyod qildi.

Monastyrsky 2019 yilgi Ukraina parlament saylovida „Xalq xizmatkori“dan nomzod boʻlgan. Milliy saylov roʻyxatida 19-oʻrinni egallab, Ukraina parlamentiga saylandiCEC counts 100 percent of vote in Ukraine's parliamentary elections , Ukrinform (26 July 2019) Results of the extraordinary elections of the People's Deputies of Ukraine 2019 , Ukrayinska Pravda (21 July 2019).

Parlamentda Huquqni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi rahbari boʻldi. „Chesno“ fuqarolik harakati tahliliga koʻra, Monastyrsky eng koʻp qonunchilik tashabbusi bilan chiqqan xalq deputatlaridan biri boʻlgan.

Ichki ishlar vaziri Arsen Avakov 2021-yil 12-iyulda ichki ishlar vaziri lavozimidan isteʼfoga chiqish haqida ariza berganidan soʻngAvakov resigns from post of Interior Minister of Ukraine , Interfax-Ukraine (13 July 2021), 2021-yil 16-iyulda 271 deputat tomonidan Monastyrsky ichki ishlar vaziri etib tayinlangan Anton Herashchenko uning vazirlikdagi rasmiy maslahatchilaridan biriga aylandi Herashchenko continues to work in the Ministry of Internal Affairs with Monastyrsky , Ukrayinska Pravda (30 August 2021).

2022-yil sentyabr oyida Monastyrsky Ukraina va Rossiya oʻrtasidagi eng yirik mahbus almashish operatsiyasida ishtirok etdi. Oʻshanda 215 ukrainalik askar, shu jumladan Azov polkining 100 dan ortiq jangchilari va komandirlari uyga qaytgan edi.

Monastyrsky butun urush davomida, Rossiya armiyasi shaharni bosib olgan paytda, urushning birinchi kunlarida Zelenskiy bilan birga poytaxt Kiyevda qolgan yuqori darajadagi xavfsizlik xodimlaridan biri edi. Ukraina ichki ishlar vaziri sifatida Ukrainaning urush davridagi maqsadlarini shakllantirishga yordam bergan va mamlakat Milliy politsiyasi, Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati va Davlat chegarasini qoʻriqlash xizmatini nazorat qilgan.

Oʻlimi

Monastyrsky, oʻrinbosari Yevhen Yenin hamda Ichki ishlar vazirligi davlat kotibi Yurii Lubkovych 2023-yil 18-yanvar kuni poytaxt Kiyevning sharqiy qismida joylashgan Brovaridagi vertolyot halokatida halok boʻlgan. Vertolyot halokatga uchrab, bolalar bogʻchasi binosiga borib urilgan, halok boʻlganlar orasida bir nafar bola ham boʻlgan. Kamida 25 kishi jarohatlangan.

Kyrylo Tymoshenko brifingda rasmiylar urush frontining qaynoq nuqtalaridan biriga ketayotganini maʼlum qildi. Ukraina xavfsizlik xizmati Brovaridagi halokat sabablari boʻyicha tekshiruv boshladi.

Monastyrskiyning doʻsti va deputat Maria Mezentsevaning aytishicha, bu „hamma uchun fojea“, chunki janob Monastyrskyning vazirligi Ukrainaning bosqinga qarshi javob berishida muhim rol oʻynagan. U shuningdek, prezidentlik kampaniyasining birinchi kunidanoq Zelenskiyga juda yaqin edi, dedi u BBCga.

2023-yil 21-yanvar kuni Ukraina uyida oʻldirilgan Monastyrskiy va boshqa vazirlik xodimlarining dafn marosimi boʻlib oʻtdi. Dafn marosimida yuqori martabali amaldorlar, jumladan, Zelenskiy va uning rafiqasi Olena Zelenska ishtirok etib, halokat qurbonlarining yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Monastyrsky 2023-yil 21-yanvarda Kiyevdagi Baykove qabristoniga dafn qilindi.

Mukofotlari Buyuk xizmatlari uchun ordeni, 3-darajali. (2022)

Manbalar

Havolalar

Turkum:Xalq xizmatkori (siyosiy partiya) siyosatchilari Turkum:Ukraina ichki ishlar vazirlari Turkum:Rossiyaning Ukrainaga bosqinida oʻldirilgan shaxslar Turkum:Ukrainadagi aviatsiya halokati yoki hodisalari qurbonlari Turkum:Vertolyot halokati yoki hodisalari qurbonlari Turkum:2023-yilda aviatsiya halokati yoki hodisalari qurbonlari Turkum:21-asr Ukraina huquqshunoslari Turkum:Oliy radaning 10-chaqiriq aʼzolari Turkum:Ukrainaning Xmelnitskiy shahrilik siyosatchilar Turkum:Koretskiy nomidagi Davlat va huquq instituti bitiruvchilari Turkum:Uchinchi darajali Buyuk xizmatlari uchun ordeni (Ukraina) sohiblari