Anorboy Abbasovich Eshmatov (1958-yil 17-yanvar, Bulungʻur tumani, Samarqand viloyati) – Oʻzbekiston qahramoni, Shuhrat medali, El-yurt hurmati ordeni sohibi.
Tarjimai holi Eshmatov Anorboy Abbasovich 1958-yil 17-yanvarda Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanida tugʻilgan. 1985-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini (hozirgi Toshkent agrar universiteti) tamomlagan. 1980-yilda Paxtakor tumanidagi shirkat xoʻjaligi hisobchisi, brigada boshligʻi, 1997-yilda esa „Anvar“ fermer xoʻjaligi boshligʻi boʻlgan. 2012—2017-yillarda Jizzax viloyati fermerlar kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan. 2014—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi boʻlgan. 2023-yilning 17-iyul kuni Paxtakor tumanidagi Anorboy Eshmatov fermer xoʻjaligida qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi va bugungi kundagi agrotexnik tadbirlar yuzasidan seminar boʻlib oʻtgan.
Mukofotlari "Shuhrat" medali (1999-yil) „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi“ unvoni (2004-yil) „El-yurt hurmati ordeni“ (2009-yil) „Oʻzbekiston qahramoni“ unvoni (2013-yil)
Manbalar
Adabiyotlar