Colleen Hoover (tugʻilgan paytidagi ismi: Margaret Colleen Fennell; 1979-yil 11-dekabrda tugʻilgan) – amerikalik yozuvchi boʻlib, asosan ishqiy mavzudagi romanlar yozadi. U 2016-yilda chiqargan „Barchasi biz bilan yakun topadi“ romani bilan katta shuhrat qozongan. 2022-yil oktyabr oyi holatiga koʻra, Hooverning 20 milliondan ortiq kitoblari oʻquvchilar qoʻliga yetib borgan. U 2023-yilda Time jurnali tomonidan dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri deb topilgan.
Hayoti Colleen Hoover 1979-yilning 11-dekabrida Texasning Sulphur Springs shahrida tugʻilgan.Uning asl ismi Margaret Colleen Fennell boʻlgan. Colleen Texasning Saltillo shahrida oʻsgan va 1998-yilda Saltillo oʻrta maktabini tamomlagan.2000-yilda Heath Hooverga turmushga chiqgan va ularning uchta oʻgʻli bor(Cale, Levi va Beckham). Colleen Hoover Texas A&M-Commerce universitetini ijtimoiy ish boʻyicha oʻqigan va shu yerni tugatgan. U mualliflik faoliyatini boshlashdan oldin turli ijtimoiy ishlarda ishlagan va oʻz vaqtida oʻqituvchilik ham qilgan.2016-yilda chop etilgan „ It Ends with Us“ ishqiy romani bilan mashhurlikka erishadi. Uning koʻpgina asarlari nashriyot tomonidan olib ketilgunga qadar mustaqil ravishda nashr etilgan.2022-yil oktabr holatiga koʻra, Colleen taxminan 20 million kitob sotgan. Time jurnali tomonidan 2023-yilda dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri deb topilgan. .Colleen oʻz oilasi bilan 2015-yilda „The Bookworm Box“ xayriya kitob doʻkoniga asos soladi. U yerda har yili kitobga imzo chekish(Book Bonanza) boʻlib oʻtadi, unda 200 dan ortiq mualliflar ishtirok etadi, shuningdek, kam taminlanganlarga oziq-ovqat bilan taminlash uchun mablagʻ yigʻish yillik auksionlari ham oʻtkaziladi. Butun mamlakat boʻylab boshqa xayriya tashkilotlari ham bunda qatnashadi. Bugungi kunga qadar „The Bookworm Box“ muhtojlarga yordam berish uchun 1 000 000 AQSH dollaridan ortiq xayriya qilgan. Asarlari Slammed (2012) Point of Retreat (2012) This Girl (2013) Hopeless Hopeless (2013) Losing Hope (2013) Finding Cinderella (2014) Finding Perfect (2019) Maybe Someday (2014) Maybe Not (2014) Maybe Now (2018) Never Never (2015) Never Never: Part Two (2015) Never Never: Part Three (2015) It Ends With Us (2016) It Starts With Us (2022) Ugly Love (2014) Confess (2015) November 9 (2015) Too Late (2016) Without Merit (2017) All Your Perfects (2018) Verity (2018) Regretting You (2019) Heart Bones (2020) Layla (2020) Reminders of Him (2022) Mukofotlari Yil Mukofot Nominant Yoʻnalish Natija Manba 2012-yil Goodreads Choice Awards Slammed Kattalar uchun badiiy adabiyot 2013-yil Losing Hope Romantika This Girl Romantika 2014-yil UtopYA Con Awards Maybe Someday Eng innovatsion marketing 2015-yil Goodreads Choice Awards Confess Romantika 2016-yilBarchasi biz bilan yakun topadiRomantika
Manbalar
Havolalar Colleen Hoover's Official Wattpad Profile
Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar