Buxoro xalqining hasrati tarixi – Buxoro amirligining eng soʻnggi hukmdori Said Olimxon (1881—1944) qalamiga mansub avtobiografik turdagi asar. Asar Amir Olimxonning taxtdan ayrilgandan soʻng boʻlib oʻtgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga bagʻishlangan.
Tarixi Dastlab asarning mavjudligi borasida Oʻzbekiston SSR hududida yashovchi ziyoli qatlam vakillari xabardor boʻlmagan. 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin Suriyaga xizmat safarida boʻlgan Abdusodiq Irisov kitob haqida xabar topgan. Irisov kitobning avval fors tilida yozilib, keyinchalik gʻarbda chop etilganini taʼkidlab oʻtgan.
Manbalar
Turkum:Avtobiografiya kitoblar Turkum:Biografiya kitoblar Turkum:Xotira kitoblari Turkum:Buxoro amirligi