Aron Karl Riggert Anderson (1988-yil 26-yanvarda tugʻilgan) — shved sarguzashtchisi, ruhlantiruvchi notiq va paralimpiya sportchisi. Anderson Shvetsiyaning eng baland togʻi Kebnekaise va Tanzaniyadagi Kilimanjaro togʻiga chiqqan birinchi nogironlar aravachasidagi sportchi hisoblanadi.
Tarjimai holi 1996-yilning yanvar oyida Anderson va uning ota-onasiga shifokorlar uning bel qismida saraton kasalligi borligini aytishgan. 1996-yil mobaynida hamda 1997-yil boshigacha kimyoterapiya va nurlanish bilan davolangan. Muolajalar natija bermagach 1997-yilning oxirida saraton jarrohlik yoʻli bilan olib tashlangan, oʻshanda Anderson ikkala oyogʻidan ham ayrilgan.
Anderson TV4 tomonidan efirga uzatiladigan Let's Dance 2022 koʻrsatuvida mashhur raqqos sifatida ishtirok etgan. Shuningdek, shouda nogironlar aravachasidan foydalangan ilk raqqos boʻlgan.
Yengil atletika right|thumb|275x275px| Aron Anderson 2015-yil Vasaloppetda Aron Anderson uch xil sport turi, jumladan, yelkanli sport, yengil atletika va chana xokkeyi (inglizcha: Sledge hockey) boʻyicha para-atletchi boʻlgan hamda toʻrtta Paralimpiya oʻyinlarida qatnashgan. 1999-2005-yillar oraligʻida suzish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan, 2004-yilda Gretsiyaning Afina shahrida boʻlib oʻtgan Paralimpiya oʻyinlaridan keyin raqobatlashishni toʻxtatgan. Buning oʻrniga yengil atletika va chana xokkeyidagi musobaqalarda toʻliq ishtirok eta boshlagan.
2012-yilda unga chanoq son boʻgʻimini endoprotezlash operatsiyasi amalga oshirilishi sababli yengil atletika musobaqalarini toʻxtatib, saralanganlar bilan bir qatorda raqobatlashish imkonidan ham mahrum boʻlgan. Anderson 2013-yilgi Jahon chempionatidan soʻng chana xokkeyidan voz kechib, butun e’tiborini faqat sarguzashtlar va maʼruzalar oʻqitishga qaratgan.
Sarguzashtlari Anderson 2013-yilning 1-avgustida Shvetsiyaning eng baland togʻi boʻlmish Kebnekaise choʻqqisiga qoʻltiq tayoqlar yordamida „emaklab“ chiqqan birinchi nogironlar aravachasidagi ishtirokchi boʻlgan. Shuningdek, u Kilimanjaro togʻining choʻqqisiga koʻtarilgan nogironlar aravachasidagi ilk sportchi sanalgan. Ekspeditsiyani sarguzashtchi Johan Ernst Nilson boshqargan. U 2013-yil 1-avgust kuni soat 15.00da (CET) choʻqqini zabt etgan. 2014-yilda Shved Klassik turnirini yakunlashga qaror qilgan. Bu turnir doirasida u Vasaloppet, Vätternrundan, Vansbrosimmet va Lidingöloppetning uzoq masofalarga chidamlilik musobaqalarida ham birinchi nogironlar aravachasidagi ishtirokchi sifatida qatnashib, bir yil davomida yakunlagan. 2015-yilning 7-avgustda Aland dengizi ustida Grisslehamdan Alandgacha boʻlgan 37 kilometrlik masofani 14 gradusli suvda, 13 soat davomida suzib oʻtgan. 2019-yilda Anderson TV4 telekanalida namoyish etilgan Vinnarskallar shousida ishtirok etgan hamda u yerda boshqa shved para-sportchilariga qarshi kurashib gʻolib chiqqan. U, shuningdek, bir oylik sayohatini Antarktida boʻylab changʻida uchgan ilk nogironlar aravachasidagi sayohatchidir. 2018-yilning dekabr oyida Anderson qoʻshiqchi Peg Parnevik bilan birgalikda SVT va Sveriges Radio uchun radioda efirga uzatilgan Musikhjälpenning elchisi boʻlgan.
Anderson motivatsion notiq boʻlib ham ishlaydi. U, shuningdek, bolalar saratoniga qarshi kurash fondi Barncancerfondenning elchisi bo‘lib, o‘zining sarguzashtlari orqali ushbu xayrli ish uchun mablag‘ yig‘ishga ham hissa qo‘shgan. 2017-yil Anderson Sommar i P1 radio ko‘rsatuvida o‘zining hayotdagi qiyinchiliklari va yutuqlari haqida so‘zlagan epizodini taqdim etgan.
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayt Barncancerfonden Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Shvetsiya sportchilari Turkum:Motivatsion notiqlar Turkum:Notiqlar