thumb| Doktor John E. Buster John Edmond Buster (1941-yil 18-iyulda tugʻilgan) – amerikalik shifokor boʻlib, u Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti tibbiyot maktabida ishlagan vaqtida birinchi marta bir ayoldan boshqasiga embrion koʻchirishni amalga oshirgan va natijada chaqaloq tirik tugʻilgan tadqiqot guruhini boshqargan. Bu tadqiqot Harbor-UCLA tibbiyot markazida amalga oshirilgan, 1983-yil iyul oyida bu haqida xabar qilingan va bola tugʻilishi toʻgʻrisidagi eʼlon 1984-yil 3-fevralda berilgan. Jarayonda endigina rivojlana boshlagan embrion sunʼiy urugʻlantirish yoʻli bilan homilador boʻlgan ayoldan 38 haftadan soʻng chaqaloqni dunyoga keltirgan boshqa ayolga oʻtkazildi. Sunʼiy urugʻlantirishda ishlatiladigan sperma bolani tugʻgan ayolning eridan olingan.

Buster va Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti tadqiqot guruhining boshqa aʼzolari People Magazine va Time Magazine jurnallarida namoyish etildi. Busterning tadqiqotlariga asoslanib, Qoʻshma Shtatlardagi Kasalliklarni nazorat qilish markazlari (Centers for Disease Control-CDC) tomonidan donor embrion koʻchirilishi natijasida 200 000 dan ortiq tirik tugʻilgan chaqaloqlar qayd etilgan.

Buster Rhode Island shtatidagi Providensce shahridagi Ayollar va chaqaloqlar fertilligi markazida reproduktiv endokrinolog sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Taʼlimi Buster Stanford universitetida bakalavriat darajasini olgan va Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetining tibbiyot fakultetida akusherlik va ginekologiya boʻyicha rezidenturada tahsil olgan, keyinchalik aynan shu yerda reproduktiv endokrinologiya va bepushtlik boʻyicha tahsil olgan.

Ish faoliyati John Buster hozirda Rhode Islanddagi Providence shahrida Ayollar va chaqaloqlar kasalxonasida reproduktiv endokrinologiya va bepushtlik boʻlimida ishlaydi. U, shuningdek, xususiy amaliyot bilan shugʻullanadi va Alpert tibbiyot maktabi Ayollar va chaqaloqlar kafedrasida (Braun universiteti) reproduktiv endokrinologiya va bepushtlik boʻyicha klinik oʻqitish bilan shugʻullanadi.

Tadqiqotlari Busterning reproduktiv tibbiyotdagi tadqiqotlari va klinik amaliy ishlari steroidlar fiziologiyasi, implantatsiyadan oldingi embriologiya, menopauza davridagi gormonlarni almashtirish terapiyasi boʻyicha nashr etilgan izlanishlarni oʻz ichiga oladi. 

Buster Zamonaviy akusherlik va ginekologiya (Contemporary Obstetrics and Gynecology) jurnalida „Jinsiy aloqa va 50 yoshli ayol: qoniqishni tiklash strategiyalari“ maqolasi muallifi. Maqsad ayol jinsiy disfunksiyasining turli sabablarini va akusher/ginekolog va birlamchi tibbiy yordam shifokorlari tavsiya qilishi mumkin boʻlgan oddiy tavsiyalarni tushuntirish edi. Maqola mahalliy ommaviy axborot vositalarida paydo boʻlgan munozaralar bilan omma qiziqishini uygʻotdi.

Busterning eng dastlabki tadqiqot ishlaridan biri steroid gormonlar radioimmunoanalizi (RIA)ga qaratilgan.

Buster Procter & Gamble tomonidan oʻrganilgan ayollar uchun testosteron yetkazib berish tizimini ishlab chiqishga yordam berdi. Bu tizim Yevropada Intrinsa brendi ostida sotiladi.

1980-yillarning boshida, 4 yil davomida Kaliforniya universiteti Los-Anjeles tibbiyot maktabida Buster va uning jamoasi in vivo urugʻlantirish va bachadondan embrionlarni olishga asoslangan usulni ishlab chiqdilar – bu usul chorvachilik sanoatida qoramol embrionlarini koʻchirishni tijoratlashtirishdan olingan boʻlib, inson blastotsistlarini fertil ayol donorlardan ovulyatsiya boʻlgan yoki agonadal bepusht retsipiyent ayollarga oʻtkazish vositasi sifatida qaraladi . 1984-yil fevral oyida bu tadqiqot asosida birinchi chaqaloq tirik tugʻilishi, keyin 3 oydan soʻng ikkinchi chaqaloq tirik tugʻilishiga muvaffaq boʻlingan va Buster va uning jamoasi tomonidan eʼlon qilingan.

2019-yil aprel oyida Xitoyning Shanxay shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro fertillik jamiyatlari federatsiyasi (International Federation of Fertility Societies – IFFS) Butunjahon kongressida Buster bachadondan embrionlarni olish orqali tiklangan in vivo embrionlardan foydalangan holda birinchi preimplantatsiya genetik testining (PGT) dastlabki natijalarini taqdim etdi.

Mukofot va unvonlari Buster 2012-yil may oyida Harbor-UCLA tibbiyot markazida joylashgan LA BioMed kompaniyasidan Legends mukofotini oldi.

2014-yil iyun oyida Amerika akusher va ginekologlar kolleji (American College of Obstetricians and Gynecologists – ACOG) doimiy ravishda taqdim etilgan maʼruza, Jon E. Busterning zamonaviy reproduktiv tibbiyot boʻyicha maʼruzasini taqdirladi. Ushbu maʼruza har yili oʻtkaziladi.

Nashrlari

Center for Disease Control and Prevention/Society for Assisted Reproductive Technology Fertility Clinic Reports, 1994–2006.

Buster JE, Abraham GE: Radioimmunoassay of plasma dehydroepiandrosterone sulfate. Analyt Lett 5:543:551, 1972. Buster JE, Freeman AG, Hobel CJ: An algorithm for determining gestational age from unconjugated estriol levels. Obstet Gynecol. Nov; 56 (5): 649–655, 1980. Buster JE, Chang RJ, Preston DL, Elashoff RM, Cousins LM, Abraham GE, Hobel CJ, Marshall JR: Interrelationships of circulating maternal steroid concentrations in third trimester pregnancies: II. C18 and C19 steroids: estradiol, estriol, dihydro-epiandrosterone, dehydroepiandrosterone sulfate, ∆5androstenedione, testosterone, and dihydrotestosterone. J Clin Endocrinol Metab 48 (1): 139–142, 1979. Buster JE, Change RJ, Preston, DL, Elashoff RM, Cousins LM, Abraham GE, Hobel, CJ, Marshall JR: Interrelationships of circulating maternal steroid concentrations in third trimester pregnancies. I. C21 steroids: progesterone, 16ά-hydroxyprogesterone, 17ά -hydroxy-progesterone, 20ά-dihydroprogesterone, ∆5-pregnenolone, ∆5-pregnenonlone sulfate and 17-hydroxy ∆5-pregnenolone. J Clin Endocrinol Metab 48 (1) 33–38, 1979 Rodi IA, Sauer MV, Gorrill MJ, Bustillo M, Gunning JE, Buster JE, Marshall JR: The medical treatment of unruptured ectopic pregnancy with methotrexate and citrovorum rescue: preliminary experience. Fertil Steril. Nov;46 (5): 811–813, 1986. Carson SA, Buster JE: Ectopic pregnancy. N Engl J Med. Oct; 329 (16): 1174–1181, 1993. Buster JE, Kingsberg SA, Aguirre O, Brown C, Breaux JG, Buch A, Rodenberg CA, Wekselman K, Casson P: Testosterone Patch for Low Sexual Desire in Surgically Menopausal Women: A Randomized Trial. Obstet Gynecol, 2005 May; 105(5 Pt 1):944-52. Buster JE, Koltun WD, Pascual MLG, Day WW, Peterson C: Low-dose estradiol spray to treat vasomotor symptoms. Obstet Gynecol 111: 1343–1351, 2008. Buster, JE. Principles of Oocyte and Embryo Donation (Sauer M, ed). "Historical „Evolution of Oocyte and Embryo Donation as a Treatment for Intractable Infertility“ Chapter 1, pp 1–10. ISBN 0387949607.

Manbalar

Havolalar

Gipoaktiv jinsiy istakning buzilishi Time jurnalidagi maqola Ginekologik kasalliklar Turkum:1941-yilda tugʻilganlar Turkum:Stanford universiteti bitiruvchilari Turkum:Yashayotgan insonlar