Elena Davidovna Kats-Chernin (1957-yil 4-noyabr) Oʻzbekistonda tugʻilgan avstraliyalik bastakor va pianinochi. Elena „Wild Swans“ nomli baleti bilan tanilgan.

Yoshligi va faoliyati Elena Kats-Chernin Toshkentda tugʻilgan, dini — yahudiylik"Hard at the top: Fraser Beath McEwing meets composer Elena Kats-Chernin", J-Wire, 12 June 2017. U 14 yoshidan Moskvadagi Yaroslavl musiqa maktabi va Gnessin nomidagi davlat musiqa kollejida tahsil oldi. 1975-yilda Avstraliyaga koʻchib oʻtdi va Sidney musiqa konservatoriyasida Richard Toop (bastakor) va Gordon Uotson (pianino) qoʻl ostida oʻqishni davom ettirdiSydney Symphony Orchestra . Shuningdek, u Darlinghurst yer osti teatri sahnasida Cabaret Conspiracy, Fifi Lamour, Boom Boom La Burn va boshqa shu kabi guruhlar bilan Elena Kats nomi ostida rollar ijro etgan.

Yevropa Kats-Chernin Germaniyada Helmut Lachenmann bilan birga tahsil olgan. U Yevropada oʻn uch yil yashadi va teatr va baletda faoliyat olib bordo. Berlin, Vena, Gamburg va Boxum davlat teatrlari uchun musiqalar yozdi. 1993-yilda Elena Ensemble Modern „Clocks“ asarini yozdi. Asar oʻshandan beri butun dunyo boʻylab ijro etilib kelinmoqda.

Avstraliya 1994-yilda Avstraliyaga qaytib kelganidan beri Kats-Chernin koʻplab ijrochilar va ansambllar uchun bir nechta opera, pianino konserti va kompozitsiyalarni yozdi.

U Avstraliyada koʻplab musiqiy kompozitsiya mukofotlarini qoʻlga kiritgan va uning asarlari „ABC Classic FM“ radiosida muntazam ravishda efirga uzatilib kelinmoqda. 2009-yilda Kats-Cherninga „Avstraliya Milliy muzeyi“ tomonidan „Garden of Dreams“ nomi ostida orkestr yozish topshirildi. Asar muzeyning meʻmoriy xususiyatlari haqida boʻlib, 2009-yilda muzeyda asarning premerasi boʻlib oʻtdi"Museum accepts a major Australian musical work" , National Museum of Australia media release, 10 May 2009.

Avstraliyalik rassom Vendi Sharp tomonidan chizilgan Kats-Chernin portreti 2019-yilda „Milliy portret galereyasi“ (Avstraliya) tomonidan sotib olingan.

Mukofot va sovrinlar Elena Kats-Cherninga 2019-yilning yanvar oyida „orkestr, opera va kamera musiqasi bastakori sifatida, xususan musiqaga koʻrsatgan xizmatlari uchun“ Avstraliya ordeni topshirildiAustralian Honours Database. Retrieved 28 January 2019.

ARIA Music Awards ARIA Music Awards — Avstraliya musiqasining barcha janrlaridagi mukammallik, innovatsiya va yutuqlarni eʼtirof etuvchi yillik taqdirlash marosimi. Mukofot 1987-yildan beri topshirib kelinadi.

! |- | 2005 | Wild Swans |rowspan="2" | Eng yaxshi klassik albom | |rowspan="2" | ARIA Award previous winners. |- | 2008 | Slow Food

| 2017 | A Piece of Quiet (The Hush Collection, Vol. 16)(Lior va The Idea of North bilan birgalikda) | Eng yaxshi bolalar albomi

Australian Women in Music Awards „Australian Women in Music Awards“ har yili oʻtkaziladigan tadbir boʻlib, oʻzlari tanlagan sohada muhim va doimiy hissa qoʻshgan Avstraliya musiqa sanoatidagi taniqli ayollarni taqdirlaydi. Mukofot 2018-yildan beri topshirib kelinadi.

|rowspan="2"| 2022 |rowspan="2"| Elena Kats-Chernin | Badiiy mahorat mukofoti

| Eng yaxshi klassik musiqa mukofoti

Sidney Myer Performing Arts Awards Sidney Myer Performing Arts Awards raqs, drama, komediya, musiqa, opera, sirk va qoʻgʻirchoq teatridagi ajoyib yutuqlarni eʼtirof etadi. Mukofot 1984-yildan beri topshirib kelinadi.

| 2013 || Elena Kats-Chernin || Yakkalik mukofoti ||

Manbalar

Turkum:Avstraliyadagi oʻzbekistonlik muhojirlar Turkum:Avstraliyalik qoʻshiqchilar Turkum:Sovet yahudiylari Turkum:Oʻzbekiston yahudiylari Turkum:Toshkentlik musiqachilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar