Sergey Panteleyevich Mavrodi (1955-yil 11-avgust, Moskva, SSSR – 2018-yil 26-mart, Moskva, Rossiya) – bir qancha moliyaviy piramidalarning asoschisi, siyosatchi va yozuvchi. Rossiyadagi eng yirik moliyaviy piramida hisoblangan „MMM“ OAJning yaratuvchisi sifatida tanilgan. „MMM“ OAJdan zarar koʻrganlar soni 10-15 million kishi va yetkazilgan zarar baʼzi maʼlumotlarga koʻra 3 milliard rublgacha boradi.

2003-yilda katta miqdordagi firibgarlikda ayblangan va sud jarayonida 10 454 kishi jabrlanuvchi deb topildi.

1994-1995 yillarda Davlat Dumasining deputati boʻlgan va Ukrainada „Xalq poytaxti“ va „MMM“ partiyalariga () asos solgan.

Biografiyasi Sergey Panteleyevich Mavrodi 1955-yil 11-avgustda Moskvada tavallud topgan. Millati: onasi tomonidan rus, otasi tomonidan yarmi ukrain va yarmi yunon. Otasi – Panteley Andreyevich Mavrodi (1980-yilda oʻpka saratonidan vafot etgan), onasi – Valentina Fedorovna Mavrodi (niya Monaxova) – (1986-yilda jigar saratonidan vafot etgan). Kichik ukasi – Vyacheslav (1962-yilda tugʻilgan). "MMM" 1989-yilda SSSRga import qilingan kompyuterlar va butlovchi qismlar bilan savdo qiluvchi " MMM " kooperativiga asos solgan. Vaqt oʻtishi bilan turli faoliyat sohalarida yana bir necha oʻnlab tijorat tuzilmalari yaratildi. 1992-yilda " MMM " aksiyadorlik jamiyati roʻyxatga olindi va keyinchalik Rossiya tarixidagi eng yirik moliyaviy piramidaga aylandi. Ushbu moliyaviy piramidadan tahminan 10-15 milliongacha odam jabr koʻrgan.

Vafoti thumb| Sergey Mavrodining Moskvadagi Troekurovskoye qabristonidagi qabri 2018-yil 26-mart kuni Sergey Mavrodi Moskvaning Polikarpov koʻchasidagi avtobus bekatida yurak ogʻrigʻi sabab tez yordam chaqirildi. Shifokorlar Mavrodini tunda 67-sonli Moskva shahar kasalxonasiga olib borishdi va u yerda yurak xurujidan vafot etgan.

Kitoblari

2007 – "Vsya pravda o „MMM“ – istoriya pervoy piramidi". ISBN 978-5-7905-5074-4 2008 – „Iskushenie“, ISBN 978-5-353-03368-4 2011 – „Sin Lyutsifera“, ISBN 978-5-9573-2281-8 2012 – „Iskushenie-2“, ISBN 978-5-9573-2500-0 2013 – „PiraMMMida“, ISBN 978-5-9573-2597-0 2015 – „Lucifer’s Son“ (Book One), ISBN 9781942981619 2016 – „Lucifer’s Son“ (Part 2), ISBN 9781942981817

Televideniyeda

2007 – „Pust govoryat“ 2010 – „V gostyax u Dmitriya Gordona“ „Moya pravda“ „Gordon Kixot“ „K baryeru“ – Aleksandr Xinshteyn protiv Sergeya Mavrodi 2023 – „Mavrodi. Mif i chelovek“

Manbalar

Havolalar

Tvorchestvo Sergeya Mavrodi Mavrodi, Sergey – statya v Lentapedii. 2012 god. Andrey Vandenko. Svetoten Mavrodi // „Noviy Vzglyad“ : gazeta. – Moskva, 1994. – № 141. – S. 01. Doljnik Mavrodi ne jelaet vozvraщat obmanutim vkladchikam 4 mlrd rubley i skrivaetsya ot sudebnix pristavov-ispolniteley (nedostupnaya ssilka)  (nedostupnaya ssilka s 23-05-2013 [3767 dney]) Upravlenie federalnoy slujbi sudebnix pristavov po g. Moskve, 11.01.2011. IA Finmarket „Mavrodi zayavlyaet o planax rasplatitsya po vsem dolgam piramidi MMM-94 i drugix finansovix piramid“ Mavrodi S. P. Kniga "ISTORIYa „MMM“" 2004. Mavrodi S. P. Kniga "Mi. Rossiya. „MMM“…" 1995 (nedostupnaya ssilka)  (nedostupnaya ssilka s 23-05-2013 [3767 dney] – istoriya, kopiya). Georgiy Mxeidze. Dengi – eto bumaga // Bolshoy gorod : jurnal. – Moskva, 2010.

65 let so dnya rojdeniya Sergeya Mavrodi. Fotoreportaj // „Gazeta. Ru“, 11.08.2020

Turkum:Rossiyalik yozuvchilar Turkum:Rossiyalik shoirlar Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:2018-yilda vafot etganlar Turkum:26-martda vafot etganlar Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:1955-yilda tugʻilganlar Turkum:11-avgustda tugʻilganlar Turkum:Rossiya yozuvchilari