Butun dunyoda STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) sohalari erkaklar tomonidan ustunlik qilinsa-da, bu sohalardagi eng katta gender tafovutlaridan biri tufayli „STEM“ dagi pokistonlik ayollar soni kam. Shunga qaramasdan, vaqt oʻtgan sayin, baʼzi pokistonlik ayollar fizika, biologiya va kompyuter fanlari kabi sohalarda olima sifatida paydo boʻlishdi.
Pokistonda gender tafovuti Pokistonda dunyodagi eng katta gender tafovutlaridan biri mavjud va u 2020-yildagi Jahon Iqtisodiy Forumi tomonidan chop etilgan hisobotga koʻra, gender tengligi boʻyicha uchinchi eng kam koʻrsatkichdir. Ayollar aholining deyarli yarmini tashkil qilishiga qaramasdan, ayollarning savodxonlik darajasining pastligi STEM sohalarida gender tafovutining yuqori omillaridan biri hisoblanadi. Bu savodxonlik darajasi ilm-fan va texnika sohasida ham pastroq.
Faktlar YUNESKO maʼlumotlariga koʻra, bakalavr bosqichiga qabul qilingan talabalar orasida 47%i ayollar va 53%i erkaklardir.
Doktoranturada oʻqishini davom ettirayotgan ayollar soni atigi 36% ni, erkaklar foizi esa 64% tashkil qiladi. Shuningdek, tadqiqot sohasida ham katta gender tafovuti boʻlib, ayollar tadqiqotchilarning atigi 34 foizini tashkil qiladi.
Universitet talabalari orasida tabiiy fanlar yoʻnalishida atigi 40%, tibbiyot fanlarida 45%, muhandislik fanlarida 21% va qishloq xoʻjaligi fanlarida atigi 12% talaba ayollar borligi maʼlum qilingan.
Muhandislik gender tafovuti Jahon Iqtisodiy Forumi maʼlumotlariga koʻra, Pokistonda muhandislik ishlarining atigi 4,9 foizi ayollar tomonidan egallangan. Ayniqsa, raqamlar energetika sohasida past boʻlib, elektr uzatish tarmogʻi atigi 3% ayol muhandislardan iborat. Sunʼiy intellekt sohasida ham kam sonli muhandis ayollar bor, ular ishchi kuchining atigi 22 foizini tashkil qiladi.
Tafovutni yoʻqotish STEMdagi keng gender tafovutini kamaytirish uchun Pokiston hukumati, shuningdek, STEM sohalarining bir qismi boʻlgan ayollar tomonidan saʼy-harakatlar amalga oshirildi. 2018-yildan beri,Pokiston hukumati ish haqi tengligi va taʼlimda erishilgan yutuqlar indeksi boʻyicha oʻz oʻrnini yaxshilash ustida ishlamoqda. Shuningdek, ayollarni STEM sohalarida ham, STEM boʻlmagan sohalarda ham ishchi kuchining bir qismi boʻlishga undash uchun ish joyidagi jinsiy zoʻravonlik qonunlari ishlab chiqildi. STEM taʼlimini ayolarda qoʻllab-quvvatlash uchun „Texnikadagi ayollar“, „Pokiston ayol muhandislari “ kabi koʻplab xususiy tashkilotlar tashkil etilgan.
Mashhur ayollar Baʼzi diqqatga sazovor STEMga hissa qoʻshayotgan ayollar:
Nergis Mavalvala : 2015-yilda gravitatsion toʻlqinlarni aniqlash boʻyicha oʻzining ulkan izlanishlari bilan tanilgan pokiston-amerikalik fizik. Shuningdek, u 2010-yilda nufuzli MakArtur Foundation mukofotiga sazovor boʻlgan Nergis 2020-yilda MIT fanlar maktabining birinchi ayol dekani boʻldi Tasnim Zehra Husain : nazariy fizik va fizika fanlari doktori darajasini olgan kam sonli pokistonlik ayollar orasida. U, shuningdek, simlar nazariyasi ustida ishlaydigan birinchi pokistonlik ayol. Husain Germaniyaning Lindau shahrida boʻlib oʻtgan Nobel mukofoti laureatlari yigʻilishida Pokiston nomidan vakillik qildi va Pokiston jamoasini Parijdagi Butunjahon fizika yili (WYP) ochilish konferentsiyasiga olib bordi. Asma Zohir : kompyuter olimi va „ IBMning eng yaxshi mukofoti, 2019“ni olgan birinchi pokistonlik. Azra Qurayshi : U Pokistonda kartoshka hosildorligini 5% ga oshirgan botanik edi. Bu Pokistonning savdodagi mavqeini yaxshiladi va Azraning milliy tan olinishiga olib keldi. U 1997 yilda Norman Borlaug mukofoti bilan taqdirlangan Arfa Karim : 2004 yilda Microsoft sertifikatiga ega boʻlgan eng yosh mutaxassis boʻlgan kompyuter vunderkindisi edi Uni Bill Geyts shaxsan AQShdagi Microsoft bosh qarorgohiga taklif qilgan. Arfa Ginnesning rekordlar kitobiga ham kiritilgan. Mariam Sultana : astrofizik. U 2012-yilda doktorlik dissertatsiyasini qoʻlga kiritgandan soʻng Pokistondagi birinchi ayol astrofizik boʻldi Talat Shahnoz Rahmon – kondensatsiyalangan modda fizikasi . Uning tadqiqot mavzulariga sirt hodisalari va qoʻzgʻatilgan muhitlar, jumladan kataliz, tebranish dinamikasi va magnit qoʻzgʻalishlar kiradi. Aban Markar Kabraji – biolog va forsiy olim. U IUCN, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Osiyo mintaqaviy idorasining mintaqaviy direktori. U atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va tabiatni asrashga qoʻshgan ulkan hissasi va fidoyiligi uchun Tamgha-e-Imtiaz bilan taqdirlangan. Asifa Axtar : xromosomalar sohasida ishlagan biolog. U Germaniyaning nufuzli Maks Plank jamiyatining biologiya va tibbiyot boʻlimining birinchi xalqaro ayol vitse-prezidenti boʻldi. Asifa, shuningdek, Yevropa hayot fanlari tashkiloti (ELSO) mukofoti bilan taqdirlangan. Farzana Aslam: fizik va astronom. U yarimoʻtkazgich nanozarrachalar, foton va lazer fanlari bilan sensibilizatsiyalangan polimer kompozitsiyasi sohasida ishlagan. Farzona Glazgodagi Fizika instituti tomonidan oʻtkazilgan Photon 04 konferensiyasida qoʻshgan hissasi uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Manbalar
Tashqi havolalar
Texnikadagi ayollar Turkum:Pokiston ayollari Turkum:Pokiston Turkum:Ilm-fan va texnologiyada ayollar Turkum:Ta'lim tizimi Turkum:Olima ayollar