Qayrat Sovetay o‘g‘li Boranbayev (; 1966-yili 22-sentyabrda Qozogʻistonning Toʻrgʻay viloyatida tavallud topgan) – tadbirkor, Qozogʻiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasining sobiq prezidenti va „Qayrat“ FK kuzatuv kengashining raisi.

Boranbayev Forbes jurnaliga 590 million dollarlik shaxsiy boyligi bilan Qozogʻistonning eng nufuzli 50 nafar tadbirkori roʻyxatiga kiritilgan.

Yoshligi Qayratning oila aʼzolari Toʻrgʻay viloyatining Amengeldi qishlogʻida yashagan. Sportchi Qayrat dastlab boks bilan, keyin esa futbol bilan shugʻullangan.

U Qozogʻiston sport akademiyasida oʻqishini davom ettirib, 1999-yili taʼlim boʻyicha fan nomzodi ilmiy darajasini oladi. 2000-yilda Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.

Karyerasi Qayrat Boranboyevning birinchi ish joyi viloyat maktabida boʻlib, 1991—1993-yillarda Olmaota shahrida joylashgan 21-sonli sport maktabida ishlagan.

U 1993-yili murabbiylikni tashlab, DECA nomli kompaniyani ochgan. Keyinchalik „Alash“, „Altyn-Alma“ va „Sistema“ aksiyadorlik jamiyatlariga rahbarlik qiladi.

Boranbayev 2000-yili huquqshunoslik fakultetini bitirgandan soʻng, neft-gaz sohasida ishlashga qaror qiladi. Soʻng KazTransGaz, Intergas Central Asia va KazRosGas kompaniyalarida top-menejer lavozimlarida faoliyat yuritadi.

Ammo Boranbayevning qizi 2013-yilda Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nabirasiga turmushga chiqqanida, biznesda katta muvaffaqiyatlarga erishadi. 2014-yili Almaly holding kompaniyasiga asos solgan . Keyin neft va gazdan tortib koʻchmas mulk va chakana savdosigacha boʻlgan turli biznes loyihalari bilan shugʻullanib keladi. U Esentai Mall va Esentai Tower, Karaganda farmatsevtika klasteri, fitnes markazlarini boshqaradi.

Boranbayev 2016-yilda Qozogʻiston, Belarus va Rossiyaning ayrim hududlari uchun McDonald's franchayzi boʻlgan.

Ijtimoiy faoliyati Qayratning ijtimoiy faoliyatida sport muhim ahamiyatga ega. U 2009-yili Qoʻstanay viloyati boks federatsiyasi prezidenti, 2012-yili "Qayrat" FK kuzatuv kengashi raisi, 2015-yilda esa Qozogʻiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasida boshqaruvchi, 2017-yili UEFA Fair Play va Ijtimoiy mas’uliyat qoʻmitasi vitse-prezidenti etib tayinlanadi.

Shaxsiy hayoti Qayrat va Sholpan Boranbayevlarning 4 ta farzandi bor. Ularning katta qizi Alima Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nabirasi Oysultonga turmushga chiqqan. Ularning Ameli ismli qizi ham bor.

Jinoiy taʼqib qilish Qayrat Boʻranboyev 2022-yili 17-mart kuni qoʻlga olinib, unga kvazidavlat sektoridan yirik miqdordagi mablagʻni oʻgʻirlash aybi qoʻyiladi.

Tergov jarayonida taniqli sportchilar, musiqachilar va kino ijodkorlarining koʻpchiligi Qayratni qoʻllab-quvvatlab guvohlik berishgan.

2023-yili 31-martda boʻlib oʻtgan Ostona sudi uni 8 yilga ozodlikdan mahrum qilib, mol-mulki musodaraga olinadi.

Manbalar

Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qozogʻiston investorlari Turkum:Qozogʻiston ishbilarmonlari