T. Harv Eker (1954-yil 10-iyunda tugʻilgan) — boylik haqidagi nazariyalari bilan tanilgan biznesmen va notiq. U HarperCollins tomonidan chop etilgan „Secrets of the Millionaire Mind“ kitobining muallifidir.
Yoshligi Eker Ontario shtatining Toronto shahrida tugʻilgan va bolalik davri oʻsha yerda oʻtgan. Eker Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtgan.
Nazariyalari Eker oʻzining kitobida boylarning moliyaviy rejalari kambagʻallar va oʻrta sinflarnikidan farq qiladigan 17 ta usulni sanab oʻtgan. Ushbu roʻyxatda yoritilgan mavzulardan biri shuki, boylar oʻz imkoniyarlarini cheklovchi oʻylardan voz kechadilar, ammo muvaffaqiyatsiz odamlar ularga boʻysunadilar. Ekerning taʼkidlashicha, Boylar „Men oʻz hayotimni barpo etaman“, kambagʻal odamlar esa „Hayotda faqat men bilan shunday voqealar sodir boʻladi“ degan gʻoyalarga tayanishadi. Boy odamlar imkoniyatlarga, kambagʻallar esa toʻsqinliklarga diqqat-eʼtiborini qaratadilar, shuningdek, boylar muvaffaqiyatli odamlarga qoyil qolishadi, kambagʻallar esa boy va muvaffaqiyatli odamlardan nafratlanishadi.
Tadbirkorlik faoliyati Eker, Peak Potentials Training seminar kompaniyasiga asos solgan. Peak Potentials press-reliziga koʻra, kompaniya keyinchalik, 2011-yilda tadbirlar ishlab chiqaruvchi Success Resources kompaniyasi tomonidan sotib olingan(November 8, 2011) Success Resources Acquires Peak Potential PR Log.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1954-yilda tugʻilganlar Turkum:Biznes Turkum:Biznes boʻyicha kitoblar Turkum:Biznes boshqaruvchilar