Space Tourists shveytsariyalik film direktori Christian Freining toʻliq metrajli hujjatli filmidir. Kinoning oʻz premyerasi Zurich Film Festivalida, 2009-yilda boʻlib oʻtgan va 2010-yilda boʻlib oʻtgan Sundance Film Festivalida „World Cinema Directing Award“ mukofotiga sazovor boʻlgan.

Syujeti Kino ikki bir-biriga bilvosita bogʻliq voqealarni koʻrsatishga harakat qiladi. Bulardan biri koinotga kosmonavtlar bilan sayohat qilmoqchi boʻlgan and buni uddalagan juda boy sayyohlar boʻlsa ikkinchisi raketaning kosmosga chiqish vaqtida undan ajralib tushgan qimmat metallarni qidirish va toʻplash maqsadida tekisliklarga chiqqan va hayotini xavf ostiga qoʻygan qozoqlardir. Tanqidchilar film tasvirining juda yuqori sifati va samo haqida aniq va chuqur maʼlumot bera olish qobiliyatini olqishlagan.

Hujjatli film fazoga chiqish uchun 20 million dollar toʻlagan va kosmik agentlik xodimi boʻlmagan birinchi ayol fazogirga hamrohlik qiladi.

Kino qozoq metal yigʻuvchilarga ham hamrohlik qiladi va ularning hayotini xavf ostiga qoʻyib raketadan ajralgan va tom maʼnoda osmondan tushgan qismlarni qidirishlarini kameraga muhrlaydi.

Kinoning tanqidchilar tomonidan kutib olinishi

Huffington Post dan Brad Balfour kinoning tanganing ikki tarafini koʻrsatishiga urgʻu beradi:

Frei eronlik-amerikalik multimillioner Anousheh Ansarini kuzatib boradi, u dunyodagi birinchi ayol kosmik sayyoh boʻlish yoʻlida ersatz kosmonavti mashgʻulotlaridan oʻtadi. Uning oʻz kamerasi bor va uning Xalqaro kosmik stansiya bortidagi suratlari biz koinotdan koʻrgan eng samimiy va hayajonli tasvirlardan biridir. Ansari orbitaga uchar ekan, qozoq qishlogʻi aholisi uchirilgan raketalardagi qimmatbaho metallomlarni yigʻadi, ruminiyalik koinot ishqibozi esa oʻzining „low-tech“ uchirish qurilmasi ustida ishlaydi. 98 daqiqalik hujjatli film shuni koʻrsatadiki, kosmik dasturlarning dabdabasi va shon-sharafi 20-asrda qolgan boʻlsa ham, u hali oʻlgani yoʻq.

Ryan L. Kobrick, The Space Review jurnali muallifiga kinoning haqiqiyligi va originalligi yoqgan:

Hujjatli film haqiqiy bir guruh metal yigʻuvchilarning qulagan raketa qismlarini yigʻishi va undan chiqqan aluminiy va titanni Xitoyga sotish holatini koʻrsatadi. Bu kadrlar shunchalik kamyobki bu holat kosmik sanoat, yoki uning madaniy va tarixiy taʼsirini kichik jamoalarga taʼsiri haqida qiziqqan har qanday odam uchun koʻrish shart va majbur boʻlgan filmdir. Umuman olganda, filmda Xalqaro Kosmik Stansiyasidagi hayot va Qozogʻistondagi ishchilar hayoti va baʼzi hollarda ular bir-biriga qanday gʻalati simbiotik munosabatda ekanligi ajoyib tarzda koʻrsatib berilgan. Filmning yana bir diqqatga sazovor joyi unda ishlatilgan musiqalar samo mavzusi xalqlar hayoti va madaniyatiga qanchalik darajada kirib borganini koʻrsatishda foydalanilganidir.

Mukofotlar va Festivallarda chiqishi DOC: The Documentary Channel 2012: Jury Prize „Best of Doc“ Cervino Cine Mountain International Mountain Film Festival 2011: Miglior Grand Prix dei Festival 2011 Beldocs Belgrad 2010: Best Photography Award Regio Fun Film Festival Katowice 2010: 2nd Award Documentary Film Competition European Documentary Film Festival Oslo 2010: Eurodok Award Sundance Film Festival Park City 2010: World Cinema Directing Award EBS International Documentary Film Festival Seoul 2010: Special Jury Prize Swiss Film Prize 2010: Nomination for the „Best documentary“ International Documentary Film Festival Amsterdam IDFA 2009: Official Selection.

Havolalar

Tashqi havolalar

Interview with the director

Turkum:Hujjatli filmlar Turkum:Kinofestivallar Turkum:Kinotanqidchilar Turkum:Kinorejissyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar