Arldagi yotoqxona (; ) – bu 19-asrda yashagan gollandiyalik post-impressionist rassom Vinsent van Goghning uchta bir-biriga oʻxshash rasmlariga berilgan nom.
Ushbu kompozitsiyaga Van Gogh oddiygina "Yotoqxona" (fransuzcha: La Chambre à coucher) deb nom beradi. Uning maktublarida tasvirlangan uchta haqiqiy versiya mavjud boʻlib, ularni bir-biridan oʻngdagi devorda tasvirlangan rasmlardan osongina ajratish mumkin.
Rasmda van Gogning Arldagi Lamartin maydoni, Bush-du-Rhoneda joylashgan yotoqxonasi tasvirlangan. Oʻngdagi eshik orqali yuqori qavatga olib chiqadigan zinapoya tomonga ochiladi; chap tomondagi eshik Gauguin uchun tayyorlangan xona edi; old devordagi deraza Place Lamartin va uning bogʻlariga qaragan. Bu xona toʻrtburchak emas, balki old devorning chap burchagi oʻtkir burchakli hamda oʻng tomoni oʻtkir burchakli boʻlgan trapezoid ediThough the building was damaged in an air-raid, June 25, 1944, and laid down afterwards, floor plans by Lèon Ramser, an Arlesian architect, dating from the 1920s have survived and supply most of the essential information, see: Roland Dorn, "Décoration": Vincent van Goghs Werkreihe für das Gelbe Haus in Arles, Georg Olms Verlag, Hildesheim, Zürich & New York, 1990, plate XIX/XX.
Birinchi versiya thumb| Gauginga joʻnatilgan xatdagi eskiz alt=|thumb| Teoga joʻnatilgan xatdagi eskiz
Van Gog ushbu Teoga, biroz keyinroq Gauguinga yozgan maktublariga kompozitsiyaning eskizlarini ham kiritgan. Maktubda van Gog ushbu rasmni chizish goʻyasi kasallikdan bir necha kun toʻshakka mixlanib qolgach kelib chiqqanligini izohlaydi. Ushbu versiyaning oʻng tomonidagi devorda van Gogning doʻstlari Eugene Boch va Paul-Eugene Millietning portretlari joylashgan. Eugene Bochning portreti "Shoir", Paul-Eugene Millietning portreti esa "Oshiq" deb nomlanadi.
Ikkinchi versiya 1889-yil aprel oyida van Gog Arldagi eski kasalxonada davolanayotganida ukasiga Ron daryosi toshqinidan zarar koʻrgan dastlabki versiyasini yuboradi. Teo rasmni qayta tiklash va nusxalash uchun unga qaytarib yuboradi. 1889- yil sentyabr oyida qayta chizadi va ikkala rasmni ham Teoga joʻnatadi. alt=|none|thumb| Ikkinchi versiya, 1889-yil, sentyabr. 72 x 90 sm, Chikago sanʼat instituti
Uchinchi versiya 1889-yilning yozida Van Gog onasi va singlisi Wil uchun oʻzining „eng yaxshi“ kompozitsiyalarini kichikroq hajmda qayta yaratish qaror qildi. „Yotoqxona“ kartinasi u tanlagan kompozitsiyalardan biri edi.
"Yotoqxona" kartinasida chap tarafdagi portret van Gogning "Zundertlik dehqon" avtoportretini eslatadi. alt=|none|thumb| Uchinchi versiya, 1889-yil sentyabrning oxiri. 57,5 x 74 sm, Musée d'Orsay, Parij.
Manbalar