Thomas Preston-Werner (1979-yil, 27-mayda tugʻilgan) – AQShlik milliarder, dasturchi va tadbirkor. 2008-yilda Chris Wanstrath va P. J. Hyett bilan hamkorlikda Githubga asos solgani va kompaniyaning bosh direktori boʻlganligi bilan tanilgan. GitHubdan 2014-yilda, ichki tekshiruv xulosasiga koʻra bir xodimni tahqirlaganlikda ayblanganligi sababli isteʼfoga chiqqan. Preston-Werner Gravatar xizmatining ham asoschisi hisoblanadi.
Yoshlik yillari Preston-Werner Iowa shtatidagi Dubuque shahrida voyaga yetgan. Otasi bolaligida vafot etgan. Onasi oʻqituvchi, oʻgay otasi esa muhandis boʻlib ishlagan.
Oʻrta maktabni Dubuque Senior High Schoolda tamomlagan va Kaliforniyaning Claremont shahridagi Harvey Mudd kollejiga qabul qilingan. 2 yildan soʻng esa oʻqishni tashlagan.
Karyerasi 2004-yilda Presten-Werner Gravatar kompaniyasiga asos solgan va uni 2007-yilda Automattic kompaniyasiga sotib yuborgan.
GitHub Preston-Werner 2008-yilda Chris Wanstrath, P. J. Hyett va Scott Chacon bilan birgalikda kodni almashish va hamkorlikda ishlash imkoniyatini taqdim etuvchi bulutli texnologiyaga asoslangan xizmat, GitHubga asos solgan.
GitHubdan isteʼfoga chiqishi GitHub dasturchisi Julie Ann Horvath 2014-yil mart oyida Tom Preston-Werner va uning rafiqasi Theresa unga nisbatan tazyiq oʻtkazishgani va bu uning kompaniyani tark etishiga sabab boʻlganini daʼvo qilgan. GitHub maʼmuriyati dastlab Horvathning ayblovlarini rad etgan, biroq, oʻtkazilgan ichki tekshiruvlardan soʻng ayblovlarning baʼzilarini tasdiqlagan va Presten-Werner isteʼfoga chiqqan. GitHubning yangi bosh direktori Chris Wanstrathning taʼkidlashicha, tergov Tom Preston-Wernerning GitHub bosh direktori sifatida nomunosib harakat qilgani, jumladan, ichki ziddiyatlar, ish joyidagi shikoyatlarga eʼtibor bermaganligi va turmush oʻrtogʻi idorada ishlamasligi kerakligi haqidagi kelishuvga rioya qilmaganini aniqladi.
GitHubdan keyingi davr GitHubdan isteʼfoga chiqqanidan soʻng Preston-Werner kompaniyadagi ulushlarini Microsoftga sotdi. Sobiq GitHub asoschilari va rahbarlaridan iborat jamoa bilan birga Preston-Werner til oʻrganish uchun dastur Chatterbugga asos solgan.
Manbalar