Vittoria Ceretti (1998-yil 7-iyunda tugʻilgan) Italiyalik model. Ceretti 2012-yilda "Elite Model Look" tanlovidan soʻng mashhurlikka erishgan.2024-yilga qadar u 400 dan ortiq moda koʻrgazmalarida qatnashgan va uning surati Vogue xalqaro nashrlari muqovasida 23 marotaba chop etilganhttps://models.com/models/vittoria-ceretti/year/shows.

Hayot davri Ceretti 1998-yilda Italiyaning Brescia shahrida tugʻilgan. U qurilish kompaniyalar egasi Juzeppe Ceretti va Francheska Lazzarilarning qizi hisoblanadi.Ceretti 14 yoshida Italiyadagi Elite Model Look tanlovida qatnashdi va u yerda gʻolib finalchi sifatida oʻz karyerasiga ilk qadamni qoʻyadihttps://www.repubblica.it/moda-e-beauty/2019/11/22/news/vittoria_ceretti_top_model_da_esportazione-342231653/.

Karyera

2012–2017: Erta mashhurlik U Elite Model Look tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritganidan soʻng koʻpgina dizaynerlar unga qiziqish bildirishadi. Dast avval Ceretti Italiyaning Milan shahrida dizayner Kristina Tining koʻrgazmasida chiqish qiladi.

Dolce & Gabbana tomonidan 2015 va 2016-yillarda tashkil etilgan kuz-qish goʻzallik tanlovlarining yuzi sifatida tanlandi.

2015-yilda Ceretti Armani brendining kuz-qish mavsumi yulduziga aylanadi. Oʻsha yili u Alexander McQueenning 2017-yil bahor yozgi koʻrgazmalarida ham oʻz faoliyatini olib boradi.

2016-yil iyul oyida Ceretti Stiven Meysel tomonidan chop etilgan Vogue Italia jurnali muqovasida paydo boʻldi. Ushbu mashhurlikka erishgandan soʻng modelga Givenchy kampaniyasi ham qiziqish bildiradi.

2018-yildan hozirgi kungacha: Mashhurlikka koʻtarilish Oʻzining muvaffaqiyatidan soʻng, Ceretti moda sanoatida tom ma'noda ilhomlantiruvchi boʻldi. Dolce & Gabbana uni goʻzallik yoʻnalishi uchun qabul qildi. Karl Lagerfeld esa koʻp qirraliligi uchun qadrladi va uni Fendi va Chanel shoulariga taklif etdi. 2018-yilda Ceretti Britaniyaning Vogue jurnalining muqovasida paydo boʻlib, moda sanoatining Katta toʻrtligini yakunlab berdi.

2018-yilda u Tiffany & Co.ning kampaniyasi va Proenza Shoulerning "Arizona xushboʻyligi" kampaniyasining bir qismi edi. Oʻsha yili u Chanelning Coco Neige kampaniyasining yuzlaridan biri sifatida tanlandi. Vogue Italia ma'lumotlariga koʻra, Ceretti 2018-yilda oʻz veb-saytida eng koʻp qidirilgan model boʻlgan. 2019-yilda u Métiers d'Art shousida ishtirok etdi.

2023-yilda Ceretti Chanel goʻzallik bayrami tanlovining tanlangan modellaridan biriga aylanadi. 2024-yilda u Pucci brendining yangi "tashrif qogʻozi"ga aylanadi.

Ceretti, shuningdek, Vogue Germany, Vogue Spain, Vogue China, Glamour, Grazia va IO Donna jurnallarining muqovasida paydo boʻlgan.

Shaxsiy hayot Vogue France nashriga bergan intervyusida Ceretti, agar u model sifatida karerasini boshlamaganida, u aktyorlik yoki psixologiyani oʻrganishni maqsad qilganligini aytgan. 2020-yil 1-iyun kuni Ceretti Ispaniyaning Ibiza shahrida italiyalik DJ Matteo Milleri bilan turmush qurdi.Ammo ular 2023-yil iyun oyida ajrashishdi.

Manbalar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Modellar (kasb) Turkum:Italiyalik modellar Turkum:Modelyer