Isaxon Bahramov (1954-yil 10-iyun, Surxondaryo viloyati, Angor tumani) — Oʻzbekiston qahramoni, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsagan paxtakor, „Saidnosirxon“ fermer xoʻjaligi rahbari.
Tarjimai holi Isaxon Bahramov 1954-yil 10-iyunda Surxondaryo viloyatining Angor tumanida tavallud topgan. 1955-yildan boshlab fermerlik bilan shugʻullana boshlagan. 1980-yilda makkajoʻxorichilik yoshlar brigadasiga boshliq etib tayinlangan. Isaxon Bahramov rahbarligidagi „Saidnosirxon“ fermer xoʻjaligi tomonidan Angor tumanidagi 9-umumtaʼlim maktabi otaliqqa olingan va har bir sinfning 3 nafar iqtidorli oʻquvchilari uchun stipendiya belgilangan. „Guliston“ MFYdagi 2 km yoʻlga Bahramov oʻz hisobidan tosh va asfalt yotqizim, aholiga qulaylik yaratgan.
Isaxon Bahramov 2022-yil 23-iyul kuni Surxondaryo viloyatida Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida mavzusi boʻyicha oʻtkazilgan uchrashuvda ishtirok etgan. Mukofotlari
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor“ unvoni (1992-yil) „Mehnat shuhrati“ ordeni (2005-yil) Oʻzbekiston qahramoni (2008-yil)
Manbalar
Adabiyotlar