César Manrique-Lanzarote aeroportiCésar Manrique-Lanzarote Airport, airport operator (Aena) website. (), qisqacha Lanzarote aeroporti va Arrecife aeroporti nomlari bilan tanilgan, Kanar orollaridagi Lanzarote oroliga xizmat koʻrsatadigan aeroport hisoblanadi. Aeroport San-Bartolomeda, orolning poytaxti Arrecifedan janubi-gʻarbda joylashgan. Har yili yuz minglab sayyohlar Yevropa aeroportlaridan bu yerga parvoz qiladi, shuningdek, Ispaniyaning boshqa aeroportlariga ichki reyslar amalga oshiriladi. Aeroport 2018-yilda 7 327 019 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan.

Tarixi

Dastlabki yillar thumb| Aeroportning dastlabki yoʻlovchi terminali (1946-1970). Hozir Aviatsiya muzeyi. 1930-yillarda orolni boshqa orollar hamda materik bilan bogʻlash, shuningdek, samolyotlarga yonilgʻi quyish punkti qurish zarurati tufayli aerodromga ehtiyoj tugʻildi. Natijada Llanos de Guasimetada aerodrom qurildi. Aeroportga qoʻngan birinchi samolyot 1941-yil 24-iyulda Junkers Ju 52 EC-DAM samolyoti edi. Keyin Ispaniya havo kuchlari mudofaa maqsadlarida doimiy aerodromga ehtiyoj sezdi va bu aerodrom Arrecifeda qurildi. 1946-yilda aeroport vaqtincha fuqarolik samolyotlarini qabul qildi. Mavjud obyektlarda rekonstruksiya ishlari olib borildi, uchish-qoʻnish yoʻlagi kengaytirildi va qoʻshimcha pandus maydoni ajratildi.

Boshqaruv markazi bilan birga yangi yoʻlovchi terminali qurildi va 1970-yil 3-martda xalqaro va mahalliy reyslar aeroportdan foydalana boshladi. Guacimeta terminalining markaziy qismida ispan rassomi César Manrique tomonidan yaratilgan Lanzarote nomli devoriy surat joylashgan edi.

1990-yillardan boshlab rivojlanishi Aeroportdan foydalanuvchilar sonining koʻpayishi undagi obyektlarning yaxshilanishini talab qildi. Aeroportda qoʻshimcha saqlash punktlari bilan birgalikda 03/21 uchish-qoʻnish yoʻlagi uchun DME, ILS va VOR qurilmalari oʻrnatildi. Shuningdek, yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi yoritgichlari va oʻt oʻchirish punkti foydalanishga topshirildi. 1999-yilda yiliga 6 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadigan yangi yoʻlovchi terminali ochildi (1-terminal). Oʻshandan beri dastlabki yoʻlovchi terminali qayta tiklandi va endi orollararo parvozlar uchun foydalanilmoqda (2-terminal).

2002-yilda sayyohlar va mahalliy aholining orolning aviatsiya merosiga boʻlgan qiziqishiga ortidan Aena Guacimeta yoʻlovchi terminalidan aviatsiya muzeyi sifatida foydalanishga qaror qilindi. Muzey oroldagi aviatsiya tarixi haqida toʻliq va batafsil maʼlumot beradi. Muzeyda bir qator audio-vizual taqdimotlar mavjud.

Mahalliy rassom César Manrique qoldirgan merosga hurmat sifatida aeroportning rasmiy nomi 2019-yilda rassom tavalludining 100 yilligida oʻzgartirildi.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar Lanzarote aeroportida quyidagi aviakompaniyalar tomonidan muntazam va charter reyslari amalga oshiriladi: thumb| Lanzarote aeroportining yaqinlashib kelayotgan samolyot kabinasidan koʻrinishi thumb| Terminal yoʻlakchasi

Yer usti transporti Lanzarote aeroportini orolning qolgan qismi bilan bogʻlaydigan toʻrtta avtobus yoʻnalishi mavjud. Aeroport 22 va 23 avtobus yoʻnalishlari orqali Arrecife shahriga, 161 va 261-yoʻnalishlar orqali Playa Blanca va Puerto del Carmen shaharchalariga ulangan.

Statistika

Yoʻlovchilar oqimi + Yillar Yoʻlovchilar soni Parvozlar soni Yuk (tonna) 2004 5 517 136 48 446 7996 2005 5 467 499 47,158 6,629 2006 5 626 087 50,172 6,114 2007 5 625 580 52 968 5,785 2008 5 438 178 53 375 5430 2009 4 701 669 42 915 4,147 2010 4 938 343 46 669 3,787 2011 5 543 744 49 675 2873 2012 5 168 775 44 787 2,108 2013 5 334 599 44 259 2081 2014 5 883 039 49 575 2050 2015 6 128 971 50 448 1805 2016 6 684 564 54 632 1776 2017 7 388 964 59 477 1824 2018 7 327 019 60 955 1606 2019 7 292 720 60 524 1346 2020 2 538 345 30 056 583 2021 3 438 219 38 740 498 2022 7 350 451 63 764 589 Manba: Aena Statistikasi

Parvoz yoʻnalishlari statistikasi +Lanzarote aeroportidagi eng gavjum mahalliy yoʻnalishlar (2021) Daraja Shahar Yoʻlovchilar soni 1 Gran Kanariya 582 651 2 Madrid 367 094 3 Tenerife (Shimol) 297 407 4 Barselona 172,126 5 Bilbao 82 016 +Lanzarote aeroportidagi eng gavjum xalqaro yoʻnalishlar (2021) Daraja Shahar Yoʻlovchilar soni 1 Dublin, Irlandiya 148 776 2 Manchester, Buyuk Britaniya 140 265 3 London (Gatvik), Buyuk Britaniya 79 747 4 London (Stansted), Buyuk Britaniya 71 224 5 Amsterdam, Niderlandiya 70 409

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb-sayti Turkum:Harbiy aviabazalar Turkum:Kanar orollari aeroportlari