Nigar Khudadat qizi Rafibeyli () (1913–1981, Boku) – ozarbayjon yozuvchisi, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisi. Yozuvchi Anar Rzayevning onasi, taniqli yozuvchi va shoir Rasul Rzoning rafiqasi edi.

Yoshlik yillari Nigar Rafibeyli 1913-yil 23-iyunda Ganja shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi tibbiy jarroh boʻlgan. Otasi Khudadat Rafibeyli Yevropada tahsil olgan birinchi ozarbayjon jarrohi edi. 1919-yilda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati tomonidan Ganja hukumatiga rahbarlik qilishga taklif qilingan, biroq koʻp oʻtmay arman bolsheviklari tomonidan hibsga olingan va Nargin oroliga joʻnatilgan. Mahbuslik paytida bolsheviklar askarlari tomonidan qatl etilgan. Nigar Rafibeyli Ganjadagi maktabni tugatib, tahsilni davom ettirish uchun Bokuga koʻchib oʻtdi. U yerda Pedagogika texnikumida tahsil olgan. Keyinchalik maktablarda dars bergan. Lekin qayerda ishlamasin, ijod qilishdan toʻxtamagan. Uning „Chadra“ deb nomlangan ilk sheʼri 1928-yilda "Dan ulduzi " jurnalida chop etilgan. 1930–1932-yillarda „Ozarbayjonfilm“ kinostudiyasida ishlagan. right|thumb|300x300px| Boku. Ozarbayjon shoirlari Rasul Rzo va Nigar Rafibayli yashagan uy.

Keyingi yillar Nigar Rafibeyli 1931-yilda „Azerneshr“ nashriyotida muharrir va tarjimon boʻlib ishlagan. Keyinchalik yozuvchi Moskva pedagogika universitetida oʻqishni davom ettirgan. U Moskvada tahsil olayotganida ilk sheʼrlar toʻplami chop etilgan. Birinchi kitob Bokuda nashr etilgan. 1937–1939-yillarda "Ushoqneshr" nashriyotida ishlagan. 1940-yildan boshlab Navoiy, Shiller, Pushkin, Lermontov, Shevchenko va boshqa xalqlarning mashhur shoir va yozuvchilarining koʻplab asarlarini ozarbayjon tiliga tarjima qilgan. Ozarbayjon adabiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Nigar Rafibeyli Faxriy ordeni bilan taqdirlangan . Uning koʻpgina asarlari romantizm, yurtga muhabbat, tabiathamda ona zaminga bagʻishlangan.

Nigar Rafibeyli 1981-yil 9-iyulda vafot etdi. Bokudagi koʻchalardan biriga adibaning nomi berilgan.

Manbalar

Havolalar

Boku bogʻlaridan birida Nigar Rafibeyli haykali Nigar Rafibeylining ingliz tilidagi sheʼrlaridan biri

Turkum:1981-yilda vafot etganlar Turkum:1913-yilda tugʻilganlar Turkum:Ozarbayjonlik yozuvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Shoiralar