Muxtorjon Mansurov Toxirjonovich (1978-yil, Uychi tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston ) – texnika fanlari doktori, professor (2023). 2023-yildan Namangan muhandislik-qurilish instituti Qurilish fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.

Biografiyasi Muhtorjon Mansurov 1978-yil Namangan viloyati Uychi tumanida tavallud topgan.

Mehnat faoliyati 1995—1999-yillar – Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi.

1999—2001-yillar – Namangan muhandislik-pedagogika instituti magistranti.

2001—2008-yillar – Namangan muhandislik-pedagogika instituti umumtexnika fanlari  kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchi, dotsent

2008—2010-yillar – Namangan muhandislik-pedagogika instituti menejment fakulteti dekan muovini.

2010—2011-yillar– Namangan muhandislik-pedagogika instituti  mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi  mudiri.

2011—2012-yillar – Namangan muhandislik-pedagogika institutiumumtexnika fanlari kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi.

2012—2013-yillar – Namangan muhandislik-pedagogika instituti umumtexnika fanlari kafedrasi mudiri.

2013—2014-yillar – Mingbuloq agrosanoat kasb-hunar kolleji direktori.

2014—2016-yillar – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot  instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi.

2017—2019-yillar  – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot  instituti ilmiy kadrlar tayyorlash bo‘limi rahbari.

2019—2020-yillar – Namangan muhandislik-qurilish instituti ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i, transport logistikasi va xizmatlar soxasi kafedrasi mudiri, mashinasozlik fakulteti dekani.

2019—2020-yillar – Namangan muhandislik-qurilish instituti texnologik mashinalar va jihozlar  kafedrasi mudiri.

2023-yildan hozirga qadar Namangan muhandislik-qurilish instituti Qurilish fakulteti dekani.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Namangan muhandislik-qurilish instituti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston professorlari Turkum:Texnika fanlari doktorlari