Xidir masjidi (; ) – XIV asrga oid tarixiy masjid. Ushbu yodgorlik Icheri-sheherning bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahri Muslim Magomayev koʻchasida joylashgan. Bino Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan milliy meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan.
Tarixi Xidir masjidi 1301-yilda koʻplab zinali koʻchalardan birida qurilgan. Koʻchaning bunday tuzilishi oʻz navbatida masjidning meʼmoriy joylashuviga ham taʼsir koʻrsatgan.
1988-yilda masjid gumbazining pastki qavatida arxeologik qazishma ishlari, shuningdek, bino portalida restavratsiya ishlari olib borilgan. Masjid zardushtiylik ibodatxonasi negizida bunyod etilganaz/#monument27 „ŞYeYX İBRAHİM MƏSCİDİ“ (in Azerbaijani). icherisheher.gov.az. Archived from az/#monument27 the original on January 19, 2017. Retrieved March 12, 2018..
Arxitekturaviy xususiyatlari Xidir masjidi interyeri, kompozitsiyasi hamda toshdan yasalgan qismlariga yorqin oʻymakorlik naqshlari bilan ishlov berilgan. Oʻzgacha badiiy ishlov berilgan mehrob hamda zal ham qiziqarli koʻrinishga ega ekanligi bilan ahamiyatga ega. Masjidning janubiy jabhasida toʻgʻri profilli derazalar oʻrnatilgan. Shuningdek, binoning quyi profilli qismi boʻylab ishlov berishda qoʻllangan usullar sharq meʼmorchilik sanʼati namunalarini oʻzida mujassam etgan"„Xıdır“ məscidi" (in Azerbaijani). kataloq.gomap.az. Retrieved March 12, 2018..
Galereya
Yana qarang
Icheri-shahar
Manbalar
Turkum:Bokudagi masjidlar Turkum:Ozarbayjon meʼmoriy yodgorliklari