Murtazoev Qayum Murtazoevich (1926-yil 14-avgust Konibodom — 1982-yil 25-may Toshkent) — Sovet va Oʻzbekiston davlat va komsomol partiyasi yetakchisi.Batafsil malumot saytda

Biografiya 1926-yil 14-avgustda Tojikiston SSRning Konibodom shahrida tugʻilgan. N. Narimanova nomidagi 1-umumta’lim maktabida o‘qigan(1934 — 1942). Fargʻona davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini tugatgan (1944 — 1948). Institutda ijtimoiy ishlar bilan shug‘ullangan. Diplomini olgach, Farg‘ona shahar komsomol qo‘mitasiga ishga qabul qilingan. 1942-yildan komsomol aʼzosi. 1948-yildan KKP aʼzosi boʻlgan.

1942— 1943 — Fargʻona shahri, "Узбплодоовощ" korxonasi bazasi ishchisi. 1947—1948 — O‘zbekiston komsomoli Farg‘ona shahar qo‘mitasining 2-kotibi , 1948—1950-yillar — Oʻzbekiston komsomoli Fargʻona shahar qoʻmitasining 1-kotibi, 1950—1951 — O‘zbekiston komsomoli Farg‘ona viloyat qo‘mitasining 2-kotibi, 1951—1952-yillar — Oʻzbekiston komsomoli Fargʻona viloyat qoʻmitasi 1-kotibi, 1952-yil —Oʻzbekiston Komsomoli Markaziy Qoʻmitasining kadrlar boʻyicha kotibi, 1952—1958-yillar — Oʻzbekiston Komsomoli Markaziy Qoʻmitasining 1-kotibi, 1958—1960-yillar — Komsomol Markaziy Qoʻmitasining kotibi, ittifoq respublikalarini boshqargan; 1960—1965-yillar — Toshkent shahar partiya qo‘mitasining 1-kotibi, 1965—1977-yillar — Buxoro viloyat partiya qo‘mitasining 1-kotibi, 1977—1982 — Oʻzbekiston SSR Mehnat va ijtimoiy taʼminot davlat qoʻmitasi raisi.

Komsomol MK aʼzosi (1954—1962). Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi. SSSR va OʻzSSR Oliy Kengashi deputati boʻlgan. right|frameless|470x470px 501x501px Turkum:Oʻzbekiston Komsomoli Markaziy Komitetining birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi a’zolari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyati qoʻmitasi 1-kotiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasining birinchi kotiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:1982-yilda vafot etganlar Turkum:25-mayda vafot etganlar Turkum:1926-yilda tugʻilganlar Turkum:14-avgustda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari